Oliy taʼlimda yangi bakalavriat yoʻnalishi va magistratura mutaxassisliklari joriy etildi

Oliy taʼlimda yangi bakalavriat yoʻnalishi va magistratura mutaxassisliklari joriy etildi

Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatoriga 2 ta yangi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi hamda 5 ta magistratura mutaxassisligi kiritildi. Shuningdek, ayrim amaldagi yo‘nalish va mutaxassisliklarning kodlari o‘zgartirildi.

Ta’lim va ilm-fan vazirining 2026-yil 6-noyabrdagi 19-son buyrug‘i bilan Oliy ta’limning davlat ta’lim standarti. Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatorining ilovasiga tegishli qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.

Klassifikatorga quyidagi yangi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari qo‘shildi:

— Jamoat xavfsizligini ta’minlash faoliyati;
— Intellektual xavfsizlik tizimining muhandislik faoliyati.

Shuningdek, quyidagi yangi magistratura mutaxassisliklari kiritildi:

— Ilmiy-pedagogik faoliyat;
— Bioinformatika;
— Jamoat xavfsizligini ta’minlash faoliyatini tashkil etish;
— Jamoat xavfsizligini ta’minlashning maxsus-taktik faoliyati;
— Intellektual xavfsizlik tizimining qo‘mondonlik-muhandislik faoliyati.

“Barqaror moliya”, “Barqaror turizm va ekoturizmni boshqarish” hamda “Barqaror turizm” yo‘nalishi hamda mutaxasissliklari esa pozitsiyasi va kodlari o‘zgartirildi. Bundan tashqari, klassifikatordagi ayrim pozitsiyalar chiqarib tashlandi.

Eslatib o‘tamiz, hukumatning 604-son qarori bilan ilmiy darajali xodimlarga qo‘shimcha haq belgilash tartibi yangilanganligi haqida xabar berilgan edi. Endilikda olimlarning ilmiy natijalari yagona elektron bazadagi tasdiqlangan ma’lumotlar asosida ham baholanadi.