Buxoroda 50 ta maktab va bog‘cha foydalanishga topshirildi, chekka mahallaga mingta kitob sovg‘a qilindi

Buxoroda 50 ta maktab va bog‘cha foydalanishga topshirildi, chekka mahallaga mingta kitob sovg‘a qilindi

Buxoroda bir kunda 50 ta maktab va maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Shuningdek, Olot tumanining chekka mahallalaridan biriga “Mahalla kutubxonasi” loyihasi doirasida ming nusxa kitob sovg‘a qilindi.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Buxoro viloyatida ta’lim muassasalarini qurish, ta’mirlash va moddiy-texnik bazasini yaxshilash ishlari amalga oshirildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Tegishli dasturlar doirasida foydalanishga topshirilgan 50 ta maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotida yangi o‘quv o‘rinlari yaratildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Jumladan, G‘ijduvon tumanidagi 10-sonli umumta’lim maktabida 870 o‘rinli yangi o‘quv binosi qurildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Loyiha uchun davlat budjetidan 11,9 milliard so‘m mablag‘ sarflangan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Tumanda jami yettita ta’lim maskanini ta’mirlash va yangilash uchun 59,5 milliard so‘m yo‘naltirilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Peshko‘ tumanining Ibn Sino mahallasida 5,8 milliard so‘m evaziga 120 o‘rinli ta’lim maskani zamonaviy qiyofaga keltirildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Shuningdek, 7-sonli umumta’lim maktabi Osiyo taraqqiyot banki dasturi doirasida mukammal ta’mirlanib, 210 o‘rinli yangi o‘quv binosiga ega bo‘ldi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Jondor tumanidagi Bahoriston mahallasida joylashgan 28-sonli umumta’lim maktabi uchun 180 o‘rinli qo‘shimcha bino qurildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Qorako‘l tumanining Quvacha mahallasidagi 49-sonli maktabda 120 o‘rinli, Quloqchinchi mahallasidagi 46-sonli maktabda esa 180 o‘rinli yangi o‘quv binolari foydalanishga topshirildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Olot tumanida ham ta’lim muassasalarini yangilash ishlari olib borildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Tumanning ikki mahallasida ikkita maktabgacha ta’lim tashkiloti va bitta umumta’lim maktabi mukammal ta’mirlandi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Xususan, Bo‘ribek Chandir mahallasidagi 26-sonli umumta’lim maktabi “Obod mahalla” dasturi doirasida yangilandi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ 1989-yilda tashkil etilgan va shu vaqtgacha mukammal ta’mirlanmagan maktabning 390 o‘rinli binosi zamonaviylashtirildi. Davlatboy mahallasidagi 90 o‘rinli maktabgacha ta’lim tashkiloti ham mukammal ta’mirdan chiqarildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Olot tumani mutasaddilari ma’lumotiga ko‘ra, tumandagi 35 ta umumta’lim maktabining qariyb 10 tasida, 33 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining esa 10 dan ortig‘ida qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

2025/2026-o‘quv yilida tumanda 1 174 nafar o‘quvchi maktabni tamomlagan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Ularning 708 nafari oliy ta’lim muassasalariga, 108 nafari texnikumlarga o‘qishga kirgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Yangi o‘quv yilida esa 1 880 nafar birinchi sinf o‘quvchisini qabul qilish rejalashtirilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Chekka mahallaga mingta kitob sovg‘a qilindi

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Ta’lim sohasidagi yangilanishlar bilan bir qatorda, Buxoroda kitobxonlikni rivojlantirishga qaratilgan tashabbus ham amalga oshirildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan “Mahalla kutubxonasi” loyihasi doirasida yo‘lga chiqqan kitob karvoni Olot tumanining eng chekka hududlaridan biri bo‘lgan Bayot mahallasiga yetib bordi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Mahallaga jami 1 000 nusxa adabiyot sovg‘a qilindi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Tashabbus O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, O‘zbekiston Mahallalar uyushmasi, Milliy kutubxona hamda Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida tashkil etilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Taqdim etilgan kitoblar orasida bolalar adabiyoti, shuningdek, “Kitobxon oila” va “Yosh kitobxon” tanlovlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun mo‘ljallangan asarlar ham bor.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ To‘plam mahalla aholisi, ayniqsa, yoshlarning mutolaa imkoniyatlarini kengaytirish, bilim va dunyoqarashini oshirishga xizmat qiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Mahalla aholisi vakillarining ta’kidlashicha, hudud tuman markazidan uzoqda joylashgan bo‘lsa-da, kitobxonlikka qiziqish yuqori.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Ilgari kerakli adabiyotlarni izlab tuman markazi yoki shaharga borishga to‘g‘ri kelgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Endilikda esa aholining o‘z mahallasida turli yo‘nalishdagi kitoblardan foydalanish imkoniyati paydo bo‘ldi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Qayd etish joizki, mazkur mahalla jamoa xo‘jaligi davrida buyuk mutafakkir Alisher Navoiy nomi bilan atalgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Hududdan ko‘plab ziyolilar yetishib chiqqan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

“Mahalla kutubxonasi” loyihasi orqali kitoblarni aholiga yaqinlashtirish, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va mutolaa madaniyatini rivojlantirish ko‘zda tutilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠