O‘zbekistonda oilaviy nodavlat bog‘chalar soni 29,2 mingtaga yetdi

O‘zbekistonda oilaviy nodavlat bog‘chalar soni 29,2 mingtaga yetdi

O‘zbekistonda oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti soni 29 196 tani tashkil etgan. Ularning eng ko‘pi Qashqadaryo viloyatida, eng kami esa Toshkent shahrida faoliyat yuritmoqda.

 

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekistonda 2026-yil 1-yanvar holatiga oilaviy nodavlat bog‘chalar soni 29 196 taga yetdi.

 

Qayd etilishicha, oilaviy nodavlat bog‘chalar soni 2024-yilga nisbatan 467 taga yoki 1,6 foizga oshgan.

 

Shu bilan birga, mamlakatdagi barcha turdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarining umumiy soni 39 283 tani tashkil etgan.

 

Hududlar kesimida eng ko‘p oilaviy nodavlat bog‘chalar Qashqadaryo viloyatida faoliyat yuritmoqda. Ushbu hududda ularning soni 3 750 tani tashkil etadi.

 

Hududlar kesimida oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari soni:

 

  • Qashqadaryo viloyati — 3 750 ta;
  • Andijon viloyati — 3 489 ta;
  • Samarqand viloyati — 3 417 ta;
  • Namangan viloyati — 3 259 ta;
  • Fargʻona viloyati — 3 158 ta;
  • Surxondaryo viloyati — 2 667 ta;
  • Xorazm viloyati — 1 611 ta;
  • Toshkent viloyati — 1 608 ta;
  • Buxoro viloyati — 1 565 ta;
  • Jizzax viloyati — 1 352 ta;
  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi — 1 150 ta;
  • Navoiy viloyati — 1 146 ta;
  • Sirdaryo viloyati — 919 ta;
  • Toshkent shahri — 105 ta.

 

Avvalroq, O‘zbekistondagi bog‘chalarda tarbiyalanayotgan bolalar soni 2,5 milliondan oshgani haqida xabar berilgandi.