O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan bolalar soni bir yil ichida 183,3 ming nafarga oshdi. 2026-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, mamlakatdagi bog‘chalarda 2,53 milliondan ortiq bola tarbiyalanmoqda.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-yanvar holatida O‘zbekistondagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan bolalar soni 2 533,3 ming nafarni tashkil etgan.
Bu ko‘rsatkich 2024-yil yakuniga nisbatan 183,3 ming nafarga yoki 7,8 foizga oshgan.
Hududlar kesimida bolalar soni
Hududlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkich Farg‘ona viloyatida qayd etilgan — 308,5 ming nafar. Keyingi o‘rinlarda Samarqand viloyati — 288,9 ming nafar va Andijon viloyati — 263,8 ming nafar bilan joylashgan.
Bog‘chalarda tarbiyalanayotgan bolalar soni hududlar bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:
- Farg‘ona viloyati — 308,5 ming nafar;
- Samarqand viloyati — 288,9 ming nafar;
- Andijon viloyati — 263,8 ming nafar;
- Namangan viloyati — 225,4 ming nafar;
- Qashqadaryo viloyati — 218,6 ming nafar;
- Surxondaryo viloyati — 195,9 ming nafar;
- Toshkent viloyati — 183 ming nafar;
- Toshkent shahri — 180,4 ming nafar;
- Buxoro viloyati — 139,7 ming nafar;
- Xorazm viloyati — 136,4 ming nafar;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 129,8 ming nafar;
- Jizzax viloyati — 114,6 ming nafar;
- Navoiy viloyati — 79,3 ming nafar;
- Sirdaryo viloyati — 68,9 ming nafar.
Namangan viloyatida 225,4 ming, Qashqadaryo viloyatida 218,6 ming, Surxondaryo viloyatida esa 195,9 ming nafar bola maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanmoqda.
Toshkent viloyatida bu ko‘rsatkich 183 ming nafarni, Toshkent shahrida 180,4 ming nafarni tashkil etgan.
Avvalroq, Oʻzbekistonda bogʻchalar soni 40 mingga yaqinlashgani haqida xabar berilgandi.
