2026-yilga kelib respublikadagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari soni 39 283 taga yetdi. Bu ko’rsatkich avvalgi yillarga nisbatan 3,2 foizga ko’p.
Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2026-yil 1-yanvar holatiga Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari soni 39 283 tani tashkil etgan. Ushbu koʻrsatkich 2024-yil yakuniga nisbatan 1 225 taga yoki 3,2 foizga oshgan.
Shundan oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari soni 29 196 tani tashkil etib, 2024-yilga nisbatan 467 taga yoki 1,6 foizga koʻpaygan.
Shuningdek, hududlar kesimida eng ko’p Qashqadaryo viloyatida 4 458 ta bog’cha faoliyat yuritayotgan bo’lsa, eng kami Sirdaryo viloyatida bo’lib, viloyatda 1 189 ta bog’cha bor.
Hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari soni:
Qashqadaryo viloyati — 4 458 ta;
Samarqand viloyati — 4 443 ta;
Fargʻona viloyati — 4 341 ta;
Andijon viloyati — 4 308 ta;
Namangan viloyati — 4 042 ta;
Surxondaryo viloyati — 3 382 ta;
Toshkent viloyati — 2 447 ta;
Buxoro viloyati — 2 234 ta;
Xorazm viloyati — 2 111 ta;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi — 1 788 ta;
Jizzax viloyati — 1 709 ta;
Navoiy viloyati — 1 481 ta;
Toshkent shahri — 1 350 ta;
Sirdaryo viloyati — 1 189 ta.
