2027/2028-o‘quv yilidan Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida “Umumfuqaroviy ta’lim” yo‘nalishi bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida o‘qish yo‘lga qo‘yiladi. Mazkur yo‘nalishda super kontrakt asosida o‘qish ham mumkin bo‘ladi.
Bugun, 9-oktyabr kuni Ichki ishlar vazirligi tomonidan “Qonun ustuvorligi va jamoat xavfsizligi: ichki ishlar organlarining 9 oylik faoliyat yakunlari va ustuvor vazifalar” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Matbuot anjumanida IIV Akademiyasida kelasi o‘quv yilidan yangi yo‘nalish ochilishi, unda to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olish imkoniyati joriy etilishi haqida ma’lum qilindi.
Bugungi kunda IIV Akademiyasida taʼlim olish mutlaqo bepul. IIV Akademiyasida malakali mutaxassislarni tayyorlash maqsadida 2027-2028-oʻquv yilida toʻlov-kontrakt asosida ‘‘Umumfuqaroviy taʼlim’’ yoʻnalishi ochiladi.
IIV Akademiyasi axborot xizmati boshlig‘i Dilmurod Jo‘rayevning super kontrakt asosida o‘qish imkoniyati aynan shu yo‘nalishga taalluqli ekanligini ma’lum qildi.
Ushbu yo‘nalishda tahsil oladigan yoshlarga talabalik maqomi beriladi. Bakalavriat bosqichida o‘qish muddati 4 yil etib belgilangan. Magistraturaning kunduzgi ta’lim shakli 1 yil, masofaviy shakli esa 2 yil davom etadi.
Dilmurod Jo‘rayev ushbu yo‘nalishga qabul tartibi, nomzodlar uchun belgilangan yosh chegarasi, imtihon fanlari va boshqa talablar hozir ishlab chiqilayotganligini, bu boradagi tartib keyinchalik ma’lum qilinishini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida 2026-2027-o‘quv yilidan boshlab ta’lim va qabul jarayonlari bosqichma-bosqich o‘zgartirilishi haqida xabar berilgan edi. Bunda ayrim abituriyentlar yakuniy suhbatdan ozod etiladi.
