“Dekster” serialidan ilhomlangan talaba vaxshiy qotillikda aybini tan oldi

“Dekster” serialidan ilhomlangan talaba vaxshiy qotillikda aybini tan oldi

Buyuk Britaniyada sud-tibbiyot ekspertizasi yo‘nalishida tahsil olgan 20 yoshli talaba teleserialdagi sahnalarga o‘xshash xona tayyorlagan va jinoyatga qo‘l urgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Politsiya uning qo‘lga olinishi aks etgan videoni ham e’lon qildi.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Buyuk Britaniyada Vuster universiteti talabasi Benjamin Dey amerikancha “Dekster” teleserialidan ilhomlanib, ijaraga olingan uyda qotillik sodir etgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ 20 yoshli yigit 24 yoshli ruminiyalik Mariya Sakyanuni o‘ldirganlikda ayblanib, 2026-yil 6-oktabr kuni Vulverhempton Qirollik sudida aybini tan olgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

BBC xabariga ko‘ra, Dey 2025-yil 21-dekabr kuni G‘arbiy Midlend hududidagi Tivideyl shahrida Airbnb orqali ijaraga olingan xonada ayolga hujum qilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, jinoyat sodir etilgan joyda polietilen bilan qoplangan, teleserialdagi sahnalarga o‘xshash xona tayyorlangan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Sudda keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, jabrlanuvchiga 78 marta pichoq bilan jarohat yetkazilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Jinoyatdan keyin Dey jasadni qismlarga ajratishga uringan va bu jarayonda qo‘lini jarohatlagan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Politsiya e’lon qilgan videoda nimalar aks etgan?

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Politsiya e’lon qilgan tanaga o‘rnatiladigan kamera tasvirlarida Deyning Dadli shahrida qo‘lga olinishi aks etgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Videoda qo‘lidan qon oqayotgan yigit politsiya xodimlariga jarohatini yovvoyi it yoki tulki tishlagani bilan izohlashga uringani ko‘rinadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, yigit keyinchalik tibbiy yordam so‘rab, favqulodda xizmatga murojaat qilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Shundan so‘ng politsiya xodimlari uni aniqlab, voqea yuzasidan tergov olib borgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Talaba qanday jazoga tortilishi mumkin?

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Benjamin Dey dastlab qotillik ayblovini rad etgan, biroq sud jarayonining ikkinchi kunida o‘z pozitsiyasini o‘zgartirib, aybini tan olgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Unga 2026-yil 4-dekabr kuni hukm chiqarilishi kutilmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Buyuk Britaniya qonunchiligiga ko‘ra, qotillik uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilanishi mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Avvalroq, Istanbulda 15 yoshli o‘quvchi qiz maktab oldida 8 nafar o‘quvchini pichoqlagani haqida xabar bergan edik.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠