SinovTest ilovasida boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari uchun attestatsiya imtihonlari namunasidagi testlar asosida tashkil etilgan musobaqada qatnashish muddati uzaytirildi. Ishtirokchilar testlarni bugun, 9-oktyabr kuni soat 23:59 ga qadar yechishlari mumkin.
Xabaringiz bor, 8-oktyabr kuni Sinovtest.uz sayti va ilovasida boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari uchun onlayn musobaqa boshlangan edi.
O‘qituvchilarning talab va istaklarini inobatga olgan holda, musobaqada ishtirok etish muddati yana bir kunga uzaytirildi.
Musobaqa pedagoglarga attestatsiyaga tayyorgarlik darajasini sinab ko‘rish, natijalarini boshqa ishtirokchilar bilan solishtirish va reytingda yuqori o‘rinlarni egallash imkonini beradi.
Musobaqa g‘oliblari 10-oktyabr kuni Talimxabarlari.uz’ning YouTube kanalida e’lon qilinadi. G‘oliblarga maxsus statuetka va kitoblar to‘plami topshiriladi.
Musobaqada qatnashish uchun Sinovtest.uz saytiga kirish yoki SinovTest ilovasini yuklab olish mumkin. Ishtirok etish tartibi bilan tanishish uchun bosqichma-bosqich videoyo‘riqnomadan foydalanish mumkin.
