Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirliklarining umumiyligidan tashkil etilgan yangi Taʼlim va ilm-fan vazirligiga vazir oʻrinbosari tayinlandi.
Prezident farmoni bilan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi yagona Taʼlim va ilm-fan vazirligi sifatida qayta tashkil etildi.
Shuningdek, Ilxom Toxirovich Siradjev Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim va ilm-fan vazirining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbarining taʼlimni isloh qilish boʻyicha oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi.
Maʼlumotlarga koʻra, Oliy taʼlim hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirlari Qoʻngʻirotboy Sharipov va Eʼzoza Karimovalar lavozimlaridan ozod etilgan.
