Napoleon marshaliga yuborgan 217 yillik shifrli maktubni oʻqishga “GPT-6 Astra” yordam berdi

Napoleon marshaliga yuborgan 217 yillik shifrli maktubni oʻqishga “GPT-6 Astra” yordam berdi

“GPT-6 Astra” sun’iy intellekti Napoleon marshali Auguste de Marmontga 1809-yilda yuborilgan 217 yillik shifrli maktubni transkripsiya qilish va yechishda yordam berdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Maktubda qo‘shinlarning joylashuvi va Avstriya armiyasining harakatlari haqida ma’lumot berilgan.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Joriy yil 18-sentyabr kuni Carter Church Napoleon marshali Auguste de Marmontga yuborilgan maktubning shifrini yechish bo‘yicha o‘zining taklif etilgan yechimini e’lon qildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Uning aytishicha, GPT-6 Astra maktubdagi shifrni transkripsiya qilish va yechishda taxminan olti soat davomida ishlatilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Tadqiqot muallifi Carter Church o‘zining batafsil materialida shifr kaliti, transkripsiya va natijani qayta tiklash uchun mo‘ljallangan dastur kodini ham taqdim etgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ U 30-sentyabr kuni X ijtimoiy tarmog‘ida ham ushbu ish haqida yozgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Maktubdagi 24 qator belgilar 1969-yilda Fransiya harbiy tarixiga oid jurnalda chop etilgan maqolada keltirilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Biroq shifr tarixiy shifrlar ro‘yxatiga yechilmagan holatda kiritilgan bo‘lsa-da, uning shifrlangan matni to‘liq transkripsiya qilinmagan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Tadqiqot muallifi tayyor matndan emas, J.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Vilcoq maqolasida chop etilgan maktubning skaner nusxasidan foydalangan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Uning aytishicha, Astra tasvirni o‘qigan, qo‘lyozmadagi belgilar variantlarini bir-biriga moslashtirgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Avvaldan mavjud bo‘lgan qisman shifr kalitidan foydalangan hamda qolgan belgilar qiymatini aniqlash uchun simulyatsiya qilingan tavlanish (simulated annealing) usulidan foydalangan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Carter Church hisob-kitobiga ko‘ra, maktubda 1 300 ta shifr birligi va 155 xil belgi mavjud.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Fransuz kriptologiyasi tarixchisi Daniel Tant tomonidan tuzilgan qisman jadvalda 33 ta harf qiymati keltirilgan bo‘lib, ular Churchning hisobiga ko‘ra, taxminan 435 ta shifr birligini qamrab oladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Taklif etilgan yechimning qolgan qismi esa skaner qilingan maktubdagi belgilarni talqin qilishga asoslangan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Churchning aytishicha, Astra bu jarayonni bitta tasvir va berilgan vazifa asosida amalga oshirgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Shu bilan birga, u shifrning o‘zi mutaxassis yetarli vaqt ajratgan taqdirda yechishi mumkin bo‘lgan darajada murakkab bo‘lmaganini ham ta’kidlagan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Maktubda qo‘shinlar harakati haqida ma’lumot berilgan

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Qayta tiklangan fransuzcha matn Eugène de Beauharnais shtab-kvartirasidan yuborilgan harbiy ma’lumotnoma bo‘lib, unda qo‘shinlarning joylashuvi va Avstriya qo‘shinlarining harakatlari haqida ma’lumot berilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Maktub Avstriyaning 1809-yil aprel oyida bostirib kirishidan biroz oldingi davrga tegishli.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Napoleon 16-mart kuni o‘sha paytda Dalmatiyadagi fransuz qo‘shinlariga qo‘mondonlik qilayotgan Marmontga qo‘shinlar haqidagi ma’lumotni shifrlangan shaklda yuborishni Eugène de Beauharnais’ga topshirgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Napoleon marshaliga yuborgan 217 yillik shifrli maktubni oʻqishga “GPT-6 Astra” yordam berdi⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Yechilgan maktubda Marmontga mazkur harbiy ma’lumot yetkazilgan va unga “bir nechta qo‘shin yoki olomon to‘planishidan” qo‘rqmaslik tavsiya qilingan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Tadqiqotchi Napoleonning 1865-yilda chop etilgan xotiralari bilan taqqoslashiga ko‘ra, maktub xotiralarda uzilib qolgan bir jumlaning to‘liq shaklini ham tiklash imkonini beradi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Shifr yechimi tekshirilgan

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Olimning aytishicha, tarixiy shifrlar bilan shug‘ullanuvchi Cryptiana saytini yurituvchi Satoshi Tomokiyo taklif etilgan yechimni ko‘rib chiqqan va sayt ro‘yxatidagi mazkur shifrni yechilgan deb belgilagan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Shuningdek, maktub sanasi 1809-yil sifatida tuzatilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Bu sayt ma’murining tekshiruvi taklif etilgan yechim uchun muhim tasdiqlardan biri hisoblanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Bundan tashqari, taklif etilgan kalit va olingan matnni tekshirish imkonini beruvchi materiallarni ham e’lon qilingan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Shu bilan birga, tadqiqot muallifi ayrim belgilarni o‘qishda noaniqliklar saqlanib qolganini qayd etgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Jumladan, 5 ta belgining talqini hali aniq emas.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Ular orasida “Janobi Oliylari” ga ishora qiluvchi ibora va “olomon” deb tarjima qilingan so‘zning muqobil variantlari ham bor.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Uning ta’kidlashicha, bu noaniqliklar maktubning umumiy mazmunini o‘zgartirmaydi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

AI yordamida tarixiy hujjatni tadqiq qilish

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Bu yerda shifrli matnni qayta tiklash va hujjat bilan bog‘liq barcha tarixiy tafsilotlarni to‘liq tasdiqlash o‘rtasidagi farq muhim.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Tadqiqotchi Carter Church tomonidan e’lon qilingan dekoder taklif etilgan kalit orqali transkripsiya qilingan belgilarni qayd etilgan fransuzcha matnga moslashtirish imkonini beradi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Maktubning tarixiy sanasi esa undagi qo‘shinlar haqidagi ma’lumotlar va Napoleonning yozishmalari bilan taqqoslash orqali asoslangan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Napoleon marshaliga yuborgan 217 yillik shifrli maktubni oʻqishga “GPT-6 Astra” yordam berdi⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Shu sababli mazkur natijani AI yordamida amalga oshirilgan arxiv tadqiqotining amaliy namunasi sifatida ko‘rish mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Biroq bu model hujjatning haqiqiyligini mustaqil ravishda tasdiqlaganini yoki undagi barcha talqinlar yakuniy ekanini anglatmaydi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Uning bu ishga yondashuvida agentlar yaratish bo‘yicha avvalgi tajribasi ham aks etgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Olimning professional biografiyasiga ko‘ra, u sun’iy intellekt muhandisligiga o‘tishdan oldin xavfsizlik operatsiyalari sohasida 10 yildan ortiq ishlagan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Keyinchalik “SentinelOne” kompaniyasida tergov va tahlilchilarni qo‘llab-quvvatlashga mo‘ljallangan NEON agentik tizimini yaratgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Bu tajriba shifrni yechish jarayonining faqat bitta bosqichdan iborat bo‘lmaganini ham tushuntiradi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Jarayonda tasvirni o‘qish, tarixiy tadqiqot olib borish, tarjima qilish va natijalarni tekshirish kabi vazifalar ham bajarilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

GPT-6 Astra haqidagi e’londa modelning kompyuter bilan ishlash va multimodal imkoniyatlari tasvirlangan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Biroq Marmont maktubi bilan bog‘liq natija Carter Churchning loyihasi va uning bayon qilgan tajribasi hisoblanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ U o‘z metodikasini tekshirish uchun zarur materiallarni e’lon qilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Modelning taxminan 6 soat ishlagani va maktubning tarixiy talqini haqidagi ma’lumotlar esa uning o‘z bayonotiga asoslanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Mazkur ishning asosiy jihati shundaki, bitta ish jarayoni o‘qilishi qiyin bo‘lgan arxiv tasvirini 200 yildan ortiq vaqt oldin yozilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Kam e’tibor qaratilgan hujjatning tekshirilishi esa shifrlangan maktubni sun’iy intellekt yordamida o‘qish hamda uning mazmunini qayta tiklash mumkinligini ko‘rsatdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Avvalroq, Claude sun’iy intellekti 373 yillik shifrni 44 daqiqada yechgani haqida ma’lumot berilgandi. Biroq natija shubha ostida qolmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠⁠