2025-yilda 5,8 mln qochqin bola maktabga bormagan — BMT

2025-yilda 5,8 mln qochqin bola maktabga bormagan — BMT

2025-yilda dunyo bo‘yicha maktab yoshidagi 13,1 mln qochqin bolaning 5,8 mln nafari, ya’ni 44 foizi ta’limdan chetda qolgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Qochqin bolalarning boshlang‘ich ta’limga qamrovi 65 foizni, o‘rta ta’limga qamrovi esa 32 foizni tashkil etgan.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

BMTning Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi (UNHCR) tomonidan 2025-yilda qochqinlarning ta’lim olishi bilan bog‘liq holatni tahlil qilgan hisoboti e’lon qilindi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

“Kelajak sari yo‘llar: ta’lim, imkoniyatlar va mustaqillik” nomli hisobotda 2025-yil yakunlari bo‘yicha qochqin bolalar va yoshlarning ta’limga qamrovi tahlil qilingan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Hisobotga ko‘ra, 2025-yilda maktab yoshidagi 13,1 mln qochqin bolaning 5,8 mln nafari maktabga bormagan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Bu jami qochqin bolalarning 44 foizini tashkil etadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Qochqin bolalar uchun boshlang‘ich ta’limdan o‘rta ta’limga o‘tish eng katta muammolardan biri bo‘lib qolmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ 2025-yilda qochqin bolalarning 65 foizi boshlang‘ich ta’limga, 32 foizi esa o‘rta ta’limga qamrab olingan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Qizlarning ta’limni davom ettirishida muammolar ko‘proq kuzatilmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Boshlang‘ich ta’limda qizlar va o‘g‘il bolalar qamrovi deyarli teng bo‘lsa-da, o‘rta ta’lim bosqichida ular o‘rtasidagi farq sezilarli darajada oshadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Hisobotda bunga qashshoqlik, xavfsizlik bilan bog‘liq muammolar, erta turmush qurish va boshqa omillar sabab bo‘layotgani qayd etilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Oliy ta’limda esa qochqinlar uchun qamrov ko‘rsatkichi oshgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ 2025-yilda qochqin yoshlarning oliy ta’limga yalpi qamrovi 11 foizga yetgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Bu ko‘rsatkich bir yil avval 9 foizni tashkil etgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Hisobotda qayd etilishicha, 450 mingdan ortiq qochqin ilk bor oliy ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘lgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Bu kuzatuvlar tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkich sifatida qayd etilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Shunga qaramay, oliy ta’limga kirish imkoniyatlari mamlakatlar bo‘yicha sezilarli farq qiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Hisobotda ayrim mamlakatlarda qochqinlarning oliy ta’limga qamrovi umumiy aholi ko‘rsatkichidan ancha past ekani ko‘rsatilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

UNHCR global miqyosda gumanitar va rivojlanish yordami uchun ajratiladigan mablag‘larning qisqarishi qochqinlarning ta’lim olish imkoniyatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligidan ogohlantirgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Tashkilot qochqinlarni qabul qiluvchi mamlakatlarning milliy ta’lim tizimlariga sarmoya kiritish va ta’limni moliyalashtirishni qo‘llab-quvvatlashga chaqirgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Avvalroq, UNICEF tomonidan e’lon qilingan hisobotida 2025-yilda 106 ta mamlakat va hududdagi ta’lim jarayoniga iqlim xavflarining ta’siri tahlil qilingan edi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Unga ko‘ra, dunyo bo‘yicha 171 milliondan ortiq o‘quvchining ta’lim olishi iqlim bilan bog‘liq xavflar sabab uzilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Bu maktabgacha ta’limdan yuqori o‘rta ta’limgacha bo‘lgan o‘quvchilarning taxminan har o‘n nafaridan biriga to‘g‘ri keladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠