Magistraturani imtiyozli diplom bilan bitirgan kadrlarga malaka toifasi attestatsiyadan oʻtkazilmasdan, toʻgʻridan-toʻgʻri beriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-iyuldagi 411-sonli qaroriga muvofiq, 2026-yildan boshlab magistratura bosqichida barcha fanlardan hamda attestatsiyadan “5” (aʼlo, 90–100 ball) koʻrsatkichga ega boʻlgan va birinchi bor taʼlim muassasasiga ishga kirayotgan bitiruvchilarga birinchi malaka toifasi yoki yetakchi oʻqituvchi lavozimi hech qanday attestatsiyasiz, toʻgʻridan-toʻgʻri beriladi.
Malaka toifasini olish uchun pedagog.uzedu.uz platformasi, Davlat xizmatlari markazlari (DXM);
yoki my.gov.uz platformasi orqali ariza berish mumkin.
Pedagog.uzedu.uz orqali ariza topshirish bosqichlari quyidagilardan iborat:
– Platformadagi shaxsiy profilingizga kiring.
– “Murojaatlarim” boʻlimini oching.
– Murojaat turi sifatida “Toʻgʻridan-toʻgʻri” opsiyasini tanlang.
– Talab qilingan maʼlumotlarni toʻldiring.
– Imtiyoz boʻlimidan “Magistraturani aʼlo baholarga tamomlaganlar” bandini belgilang.
– “Yuborish” tugmasini bosing.
Eslatma! Ushbu imtiyoz faqat Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining diplom.edu.uz platformasi orqali qaror mezonlariga mosligi tasdiqlangan va tavsiya etilgan diplomlar uchungina amal qiladi.
Muhim! Hukumatning tegishli qaroriga asosan, 2026-yildan boshlab bakalavriat bosqichini ham imtiyozli diplom bilan bitirib, birinchi bor taʼlim tashkilotiga ishga kiradigan bitiruvchilarga ham malaka toifasi attestatsiyadan oʻtkazilmasdan beriladi.
Bunda bitiruvchiga ikkinchi malaka toifasi (katta oʻqituvchi lavozimi) toʻgʻridan-toʻgʻri beriladi.
