Grant asosida o‘qish: 2-kursda qanday taqsimlanadi va bitirgach 3 yil ishlab berish shartmi?

Grant asosida o‘qish: 2-kursda qanday taqsimlanadi va bitirgach 3 yil ishlab berish shartmi?

Oliy ta’limga kirishda abituriyentlar uchun eng muhim masalalardan biri — grant yoki kontrakt asosida o‘qish.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ Ularning asosiy farqi ta’limning mazmunida emas, balki o‘qish xarajatlari qanday moliyalashtirilishida.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Grantda talabaning o‘qish xarajatlari davlat mablag‘lari hisobidan qoplanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ Kontrakt asosida esa ta’lim uchun belgilangan to‘lovni talabaning o‘zi yoki uning to‘lovchisi amalga oshiradi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Biroq grant asosida o‘qish kontraktga qaraganda boshqa ta’lim degani emas.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ Har ikki holatda ham talaba o‘zi tanlagan ta’lim dasturi bo‘yicha o‘qiydi, fanlarni o‘zlashtiradi, imtihonlarni topshiradi va belgilangan talablarni bajarganidan so‘ng diplom oladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Grant 4 yilga beriladimi?⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Muhim jihat shundaki, 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab ta’lim granti bir o‘quv yili uchun ajratiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Ya’ni talaba 1-kursga grant asosida qabul qilingan bo‘lsa, bu uning keyingi uch yil davomida ham avtomatik ravishda grantda o‘qishini anglatmaydi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

2-kursdan boshlab grant qayta taqsimlanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ Bunda talabaning o‘qishdagi natijalari va ijtimoiy faolligi hisobga olinadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

2-kursdan grant qanday taqsimlanadi?⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Grant uchun da’vogarning GPA ko‘rsatkichi 3,5 va undan yuqori bo‘lishi kerak.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Talabalarni baholashda:⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

  • akademik o‘zlashtirish — 80 ballgacha;
  • ijtimoiy faollik — 20 ballgacha

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Shu mezonlar asosida grant keyingi o‘quv yili uchun qayta taqsimlanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Grantning qanday turlari mavjud?⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Amaldagi tizimda ta’lim granti hamda ijtimoiy-rag‘batlantiruvchi grant mavjud:⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

  • Ta’lim granti talabalarning natijalariga qarab qayta taqsimlanadi;
  • Ijtimoiy-rag‘batlantiruvchi grant esa qonunchilikda belgilangan imtiyozlar, maqsadli qabul va ayrim maxsus grantlar asosida beriladi.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Grantda o‘qigan talaba stipendiya oladimi?⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

To‘liq ta’lim grantini qo‘lga kiritgan talabalarga belgilangan tartibda stipendiya to‘lanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ Tabaqalashtirilgan ta’lim grantida esa stipendiya faqat to‘liq grant sohiblariga beriladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Grant asosida o‘qigan talaba 3 yil ishlab berishi shartmi?⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabariga ko‘ra, ta’lim granti asosida o‘qigan talabalarning o‘qishni tamomlagach kamida 3 yil ishlab berish majburiyati bekor qilingan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Lekin ayrim maxsus grantlar yoki alohida huquqiy asosga ega dasturlarda bunday talab saqlanib qolishi mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Avvalroq, maksimal ball bilan talaba boʻlganlarning 200 nafariga Prezident granti berilishi va uni olish tartibi haqida ma’lumot berilgandi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠