“Jadidlar izidan” tanlovining yangi mavsumi uchun tavsiya etilgan adabiyotlar ro‘yxati e’lon qilindi

“Jadidlar izidan” tanlovining yangi mavsumi uchun tavsiya etilgan adabiyotlar ro‘yxati e’lon qilindi

“Jadidlar izidan” respublika tanlovining tuman (shahar), hududiy va respublika bosqichlarida foydalaniladigan adabiyotlar ro‘yxati e’lon qilindi. Ro‘yxatdan jadidlar hayoti, ijodi va asarlariga oid adabiyotlar o‘rin olgan.

 

Xabaringiz bor, “Jadidlar izidan” respublika tanlovining uchinchi mavsumi 6–8 hamda 9–10-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilmoqda. Tanlov tuman (shahar), hududiy va respublika bosqichlaridan iborat.

 

Tanlovda ishtirok etish uchun arizalar 15-oktabrgacha qabul qilinadi. Ro‘yxatdan o‘tish quyidagi havolalar orqali amalga oshiriladi:

 

— 6–8-sinf — havola;
— 9–10-sinf — havola.

 

Tanlovning tuman (shahar) bosqichi 2026-yil oktyabr oyida, hududiy bosqich noyabr oyida, respublika bosqichi esa dekabr oyida o‘tkaziladi. Tuman (shahar) bosqichida ishtirokchilar jadidlar hayoti va ijodiga oid test savollari hamda bilet asosidagi savol-javob shartlarida bellashadi.

 

Hududiy bosqichda boshqotirma, asar tahlili va insho shartlari bo‘yicha bellashuvlar o‘tkaziladi.

 

Respublika bosqichida esa jadidlar hayoti, ijodi va asarlari tahlili, loyiha taqdimoti hamda insho shartlari bo‘yicha ishtirokchilar o‘zaro bellashadi.

 

Tanlovning respublika bosqichida har ikki sinf toifasi bo‘yicha eng yuqori natija qayd etgan jami 14 nafar ishtirokchi xorijiy davlatlarga ta’lim sayohatiga yuboriladi. Shuningdek, ular oliy ta’lim muassasalarining kasbiy (ijodiy) imtihonida soha bo‘yicha eng yuqori ball olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

 

Adabiyotlar ro‘yxati bosqichlar kesimida berilgan bo‘lib, to‘liq ro‘yxat bilan quyida tanishish mumkin.

 

“Jadidlar izidan” Respublika tanlovining tuman (shahar) bosqichida tavsiya etilgan adabiyotlar ro‘yxati:

 

1. G‘ulom Zafariy
2. Munavvarqori Abdurashidxonov
3. Abdulla Qodiriy
4. Abdurauf Fitrat
5. Is’hoqxon To‘ra Ibrat
6. Abdulla Avloniy
7. Abdulhamid Cho‘lpon
8. Mahmudxo‘ja Behbudiy

 

“Jadidlar izidan” tanlovining yangi mavsumi uchun tavsiya etilgan adabiyotlar ro‘yxati e’lon qilindi

 

Qo‘shimcha tavsiya etiladigan manbalar ro‘yxati:

 

1. Sh. M. Mirziyoyev “Jadidlar: milliy oʻzlik, istiqlol va davlatchilik gʻoyalari”
mavzusidagi xalqaro konferensiya ishtirokchilariga tabrigi. Toshkent – 2023-yil 11-
yanvar.
2. Abdulla Avloniy. Tanlangan asarlar. 2 jildli. “Maʼnaviyat”, 2006.
3. Mahmudxoʻja Behbudiy. Tanlangan asarlar. 2 jildli. “Akademnashr”, 2021.
4. Xurshid Do‘stmuhammad. “Yolg‘iz” qissasi. 2019.
5. Elbek. Tanlangan asarlar. “Sharq”, 1999.
6. Jadid kulliyoti: sakkiz kitob. “Zabarjad Media”, 2023.
7. Jadidlar to‘plam. Yoshlar nashriyot uyi. Toshkent – 2022.
8. Bahrom Irzayev. Germaniyada ta’lim olgan Turkiston yoshlari. 2022.
9. Is’hoqxonto‘ra Ibrat. Tanlangan asarlar. “Maʼnaviyat”, 2005.
10. Naim Karimov. “Cho‘lpon” ma’rifiy romani.
11. Munavvarqori Abdurashidxonov. Tanlangan asarlar. “Maʼnaviyat”, 2003.
12. Nazarova Sh. Uchinchi Renessans – jadidlar maslagi. “Yangi Oʻzbekiston”
gazetasi 2022-yil 7-noyabr, No227.
13. Nazarova Sh. Yangi uygʻonish nuqtasi bizdan boshlansin. “Yangi
Oʻzbekiston” gazetasi 2023-yil 21-dekabr, No265.
14. Sherali Turdiyev. Ular Germaniyada o‘qigan edilar. 2006.
15. Abdurauf Fitrat. Tanlangan asarlar. 5 jildlik. “Maʼnaviyat”, 2000, 2003.
16. Hamza Hakimzoda Niyoziy. Toʻla asarlar toʻplami. 5 jildlik. 2, 3-jild.
“Fan”, 1988.
17. Choʻlpon. Asarlar. 4 jildlik. 1, 2-jild. “Akademnashr”, 2016.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Turon” maktab teatri, “Iqtidor” maktab ansambli va “Jadidlar izidan” tanlovlari g‘oliblariga OTMga kirishda imtiyoz berilishi haqida xabar berilgan edi.