Qoraqalpog‘istonda 6 ming yoshni IT va logistika sohasida yuqori daromadli ish bilan ta’minlash vazifasi qo‘yildi

Qoraqalpog‘istonda 6 ming yoshni IT va logistika sohasida yuqori daromadli ish bilan ta’minlash vazifasi qo‘yildi

Qoraqalpog‘istonda bir yil ichida 1 ming, kelgusi ikki yilda esa yana 5 ming yoshni axborot texnologiyalari va logistika sohasida yuqori daromadli ish bilan ta’minlash vazifasi belgilandi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Shuningdek, yil yakunigacha hududga kamida 10 nafar xorijda yashayotgan iqtidorli vatandoshni jalb etib, loyihalarni boshlash topshirildi.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Bugun, 19-sentyabr kuni Nukus shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Qoraqalpog‘istonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Yig‘ilishda hududdagi yoshlar masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Qoraqalpog‘istonda 1,1 mln nafar yosh bor.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Shundan 505 ming nafari 14–30 yoshdagi yoshlardir.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Yig‘ilishda bu katta kuch ekani, yoshlarga to‘g‘ri yo‘nalish berish muhimligi ta’kidlandi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Shu munosabat bilan bir yil ichida 1 ming, kelgusi ikki yilda esa yana 5 ming yoshni axborot texnologiyalari va logistika sohasida yuqori daromadli ish bilan ta’minlash vazifasi qo‘yildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Qayd etilishicha, hududda 98 ming nafar yosh xorijiy til sertifikatiga, 127 ming nafari axborot texnologiyalari bo‘yicha, 5,5 ming nafari esa aniq fanlar bo‘yicha sertifikatga ega.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Ularning 10 ming nafari chet tili va axborot texnologiyalarini mukammal biladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Yig‘ilishda Koreyada yashayotgan vatandoshning olis hududlardagi yoshlarga axborot texnologiyalarini o‘rgatish va ularni yuqori daromadli ish bilan ta’minlash tashabbusi ham qo‘llab-quvvatlandi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Yil yakunigacha shunday kamida 10 nafar iqtidorli vatandoshni Qoraqalpog‘istonga jalb etib, tegishli loyihalarni boshlash topshirildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠