Abdulla Avloniy nomidagi institutda 2027-yil uchun oliy ta’limdan keyingi ta’limga qabul boshlandi

Abdulla Avloniy nomidagi institutda 2027-yil uchun oliy ta’limdan keyingi ta’limga qabul boshlandi

Abdulla Avloniy nomidagi institutda 2027-yil uchun oliy ta’limdan keyingi ta’limga hujjatlarni qabul qilish boshlandi. Hujjatlar 15-sentyabrdan 15-oktyabrgacha qabul qilinadi.

 

Abdulla Avloniy nomidagi institutda tayanch doktorantura (PhD), doktorantura (DSc) hamda mustaqil izlanuvchilik shakllari bo‘yicha qabul jarayoni boshlandi.

 

Talabgorlar quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha hujjat topshirishlari mumkin:

 

  • 13.00.02 — Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi;
  • 13.00.07 — Ta’limda menejment;
  • 08.00.07 — Moliya, pul muomalasi va kredit;
  • 08.00.13 — Menejment.

 

PhD darajasiga hujjat topshirish uchun magistr yoki unga tenglashtirilgan diplom, ixtisoslik bo‘yicha kamida 1 ta ilmiy maqola, 2 ta ilmiy tezis hamda tegishli xorijiy til sertifikati talab etiladi.

 

DSc darajasiga talabgorlar PhD yoki fan nomzodi ilmiy darajasiga ega bo‘lishi, shuningdek, salmoqli ilmiy natijalarga ega bo‘lishi hamda ixtisoslik bo‘yicha kamida 3 ta ilmiy maqola va 2 ta ilmiy tezis taqdim etishi kerak.

 

Hujjatlar daraja.ilmiy.uz va my.gov.uz orqali topshiriladi. Qabul 2026-yil 15-sentyabrdan 15-oktyabrgacha davom etadi.

 

Shuningdek, talabgorlardan xorijiy til bo‘yicha milliy yoki unga mos xalqaro sertifikatning B1/B2 darajasi talab qilinadi.

 

Eslatib o‘tamiz, 2026-yil 1-sentyabrdan oliy ta’limdan keyingi ta’limda tahsil olayotgan stajyor-tadqiqotchi va doktorantlar stipendiyasi 7 foizga oshirilgan. Shuningdek, 2027-yildan ustuvor ilmiy ixtisosliklarga yangi qabul qilinadigan doktorantlar uchun stipendiyani 1,7 baravar miqdorda to‘lashning yangi tartibi joriy etiladi.