Ertaga, 15-sentyabrdan boshlab “Kelajak” markazlarida yangi o‘quv yili boshlanadi. Bu haqda Respublika “Kelajak” markazi xabar berdi.
Joriy yil 15-sentyabr kunidan boshlab “Kelajak” markazlarida yangi o‘quv yili boshlanadi.
Ushbu markazda ilk bor o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan respublikaning barcha hududlaridagi markazlarda sentyabr oyi yakuniga qadar “Ochiq eshiklar kuni” tadbirlari o‘tkaziladi.
Ma’lum qilinishicha, unda markazlar faoliyati, bolalar uchun yaratilgan sharoitlar, to‘garak turlari hamda mashg‘ulot jarayonlari bilan tanishish mumkin.
Ma’lumot uchun, “Kelajak” markazlarida 60 dan ortiq turdagi to‘garaklar faoliyat yuritadi. Hozirda respublikadagi barcha umumta’lim maktablarida tarmoq to‘garaklari bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yilmoqda. Bunda o‘quvchilar maktabidan chiqmagandan holda mashg‘ulotlarda qatnashib, yangi bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishlari, kasb-hunar sirlarini o‘rganishlari mumkin.
Avvalroq, tuman-shahar “Kelajak” markazlari direktori lavozimiga nomzodlar uchun tanlov e’lon qilingandi.
