Texnikum direktori tadbirkordan 10 ming dollar olgani uchun jazolandi

Texnikum direktori tadbirkordan 10 ming dollar olgani uchun jazolandi

Andijon viloyati Oltinko‘l tumanidagi 1-sonli texnikum direktori tadbirkordan xizmat mavqeidan foydalanib, 10 ming AQSh dollari olgani uchun sudlandi. Unga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan.

 

Sud hujjatiga ko‘ra, direktor texnikum hududidagi 1,10 gektar yer maydonini ochiq auksion orqali yutib olgan tadbirkordan kelishuv shartnomasini tasdiqlab berish evaziga 15 ming AQSh dollari talab qilgan.

 

Tadbirkor talab qilingan mablag‘ning 10 ming dollarini 2026-yil 8-may kuni direktor boshqaruvida bo‘lgan avtomashinada bergan.

 

Pulni olganidan so‘ng direktor voqea joyidan yashirinishga uringan. Biroq u Oltinko‘l tumani hududida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan qo‘lga olingan.

 

Sudda direktorning harakatlari Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi “б bandi bilan aybdor deb topilgan.

 

Sud hukmiga ko‘ra, unga 2 yil 6 oy muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan.

 

Hukm 2026-yil 20-avgust kuni chiqarilgan.

 

Avvalroq, Toshkent shahrida 400 o’rinli texnikum tashkil etilgani haqida xabar bergan edik.