Oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlaridagi vakant o‘rinlar uchun o‘tkazilgan qo‘shimcha tanlov natijalari e’lon qilindi.
2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish bo‘yicha vakant o‘rinlar mavjud bo‘lgan, fanlar majmuasi va ta’lim tili mos yo‘nalishlar uchun qo‘shimcha tanlovda ishtirok etish maqsadida ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarning natijalari ma’lum qilindi.
Abituriyentlar qo‘shimcha tanlov natijalarini my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabineti orqali ko‘rishlari mumkin.
Ma’lum qilinishicha, yakuniy tanlov qaydnomalari belgilangan tartibda shakllantirilib, tegishli oliy ta’lim tashkilotlariga taqdim etilgan.
Abituriyentlar o‘z natijalari va tanlov bo‘yicha ma’lumotlarni shaxsiy kabinetlari orqali tekshirishlari mumkin.
Avvalroq, Xususiy maktablarning korreksion sinflari uchun subsidiya miqdori belgilangani haqida xabar bergan edik.
