2026/2027-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim tashkilotlari o‘rtasida o‘qishni ko‘chirish va ko‘chirib tiklash bo‘yicha yuborilgan arizalar ko‘rib chiqilib, yakuniy natijalar e’lon qilindi.
Davlat oliy ta’lim tashkilotlarining biridan boshqasiga o‘qishni ko‘chirish yoki ko‘chirib tiklash maqsadida 2026/2027-o‘quv yili uchun transfer.edu.uz platformasi orqali ariza yuborgan talabalar o‘z arizalari natijasini shaxsiy kabineti orqali bilishlari mumkin.
Arizalar belgilangan tartibda to‘liq ko‘rib chiqilib, ular bo‘yicha yakuniy xulosalar shakllantirilgan.
O‘qishi ko‘chirilishi tavsiya etilgan talabalar o‘qishi ko‘chirilayotgan oliy ta’lim tashkilotiga murojaat qilishlari lozim.
Natijani transfer.edu.uz platformasidagi shaxsiy kabinetga kirish orqali bilish mumkin.
