Yangi o‘quv yilidan inklyuziv ta’lim joriy etilgan maktablar soni 3 249 taga yetkaziladi

Yangi o‘quv yilidan inklyuziv ta’lim joriy etilgan maktablar soni 3 249 taga yetkaziladi

Yangi o‘quv yilidan respublikadagi yana 1 039 ta maktabda inklyuziv ta’lim sinflarini tashkil etish rejalashtirilmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Natijada inklyuziv ta’lim joriy etilgan maktablar soni 3 249 taga, unda ta’lim olayotgan alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar soni esa 8,5 ming nafarga yetkaziladi.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Ayni paytda mamlakatdagi 2 610 ta umumta’lim maktabida inklyuziv ta’lim sinflari faoliyat yuritmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Ularda 6,8 ming nafar alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bola ta’lim olmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan davra suhbatida ma’lum qilindi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Shuningdek, respublikadagi 1 778 ta maktabda bolalar uchun “to‘siqsiz muhit” yaratilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ 1 171 dan ortiq maktabda esa korreksion xonalar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Yangi o‘quv yilida inklyuziv ta’limni kengaytirish doirasida yana 1 039 ta maktabda inklyuziv sinflar tashkil etish va qo‘shimcha 2 200 nafar bolani ushbu ta’lim shakliga jalb qilish ko‘zda tutilmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Maktabgacha ta’lim tizimida ham inklyuziv yondashuv kengaymoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Hozirda 248 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida 519 ta inklyuziv guruh faoliyat yuritmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Ularga 1 753 nafar alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bola jalb etilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Shuningdek, uyda ta’lim olayotgan bolalarni umumiy ta’limga jalb etish bo‘yicha ham ishlar olib borilmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

O‘rganishlar natijasida 2 290 nafar o‘quvchi umumiy sinflarda, 3 788 nafari esa inklyuziv ta’lim sinflarida o‘qish istagini bildirgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Hozirgacha 1,5 ming nafar bola umumiy sinflarga qabul qilingan, 883 nafar bolani ta’limga jalb etish ishlari davom etmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Uzoq muddatli davolanishga muhtoj bolalar uchun faoliyat yuritayotgan “Mehrli maktab” tizimi orqali esa hozirgacha 31 209 nafar bolaga ta’lim-tarbiya xizmatlari ko‘rsatilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Eslatib o‘tamiz, Prezidentning 2026-yil 4-avgustdagi PQ–292-son qarori bilan alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan bolalarni ta’lim va ijtimoiy xizmatlar bilan qamrab olish tizimini takomillashtirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar  belgilangan edi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠