Ixtisoslashtirilgan maktabdagi 103 nafar bitiruvchining barchasi talaba bo‘ldi

Ixtisoslashtirilgan maktabdagi 103 nafar bitiruvchining barchasi talaba bo‘ldi

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi uchta maktabning 103 nafar bitiruvchisining barchasi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirib, 100 foizlik natijani qayd etdi. Bu haqda Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi xabar berdi.

 

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi uchta ixtisoslashtirilgan maktabning 2025/2026-o‘quv yilidagi barcha 103 nafar bitiruvchisi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilindi. Shu tariqa, mazkur maktablar 100 foizlik natijani qayd etdi.

 

100 foizlik natija qayd etgan ta’lim muassasalari va ularning bitiruvchilari quyidagicha:

 

  • Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning Samarqand filiali — 19 nafar bitiruvchi, 19 nafar talaba;
  • O‘zbekiston tumani ixtisoslashtirilgan maktab-internati — 49 nafar bitiruvchi, 49 nafar talaba;
  • Guliston tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internati — 35 nafar bitiruvchi, 35 nafar talaba.

 

Qayd etilishicha, ushbu natija ta’lim sifatini yuksaltirish, o‘quvchilarning bilim va salohiyatini rivojlantirishga yaratilayotgan imkoniyatlar, shuningdek, ustozlarning mehnati va ota-onalarning qo‘llab-quvvatlashi samarasi hisoblanadi.

 

Avvalroq, Buxorodagi bir maktabning 8 nafar 10-sinf o‘quvchisi 189 ballni qo‘lga kiritdi, yana 3 nafari SAT’dan 1200+ natija qayd etgani haqida xabar bergan edik.

Bilimni baholash agentligi

AI bot abituriyentlarga yo'nalish tanlashga yordam beradi

Bilim va malakalarni baholash agentligi ma'lumotlari asosida.

Telegram'da ochish