Buxorodagi bir maktabning 8 nafar 10-sinf o‘quvchisi 189 ballni qo‘lga kiritdi, yana 3 nafari SAT’dan 1200+ natija qayd etdi

Buxorodagi bir maktabning 8 nafar 10-sinf o‘quvchisi 189 ballni qo‘lga kiritdi, yana 3 nafari SAT’dan 1200+ natija qayd etdi

Buxoro viloyati Jondor tuman ixtisoslashtirilgan maktabning 8 nafar 10-sinf o‘quvchisi muddatidan oldin 189 ball va yana 3 nafari IELTS hamda SAT 1200+ sertifikatlarni qo‘lga kiritdi.

 

Buxoro viloyati Jondor tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 10-sinf o‘quvchilari kerakli fanlardan sertifikatlar olib, muddatidan oldin 189 ballni naqd qildi. Shu bilan birga, yana 3 nafar o‘quvchida IELTS hamda SAT 1200+ sertifikatlar mavjud.

 

Bu esa ularga muddatidan avval talaba bo‘lish imkoniyatini beradi.

 

189 ball olganlar:

 

  • Qahramonova Maftuna Bahodir qizi – CEFR B2, tarix A, o‘zbek tili va adabiyot B+, matematika B
  • Qahramonova Gulchiroy Il’yos qizi – IELTS 8.0, matematika A, o‘zbek tili va adabiyot A, tarix B
  • Sayliyev Elshod Dilshod o‘g‘li – fizika A+, matematika A+, o‘zbek tili va adabiyot B, tarix B
  • Xayrullayev Shohjahon Akmalovich – CEFR B2, matematika A+, o‘zbek tili va adabiyot B, tarix A
  • O‘rinov O‘ktam Uchkun o‘g‘li – IELTS 7.5, matematika A+, o‘zbek tili va adabiyot B+, tarix B
  • Uzoqov Dilshodbek Dilyor o‘g‘li – IELTS 6.5, matematika A+, o‘zbek tili va adabiyot B, tarix C+
  • Salohiddinov Suxandiyor Nozim o‘g‘li – CEFR B2, matematika A, o‘zbek tili va adabiyot C+, tarix C+
  • Oripov Bekzod Mirshodovich – IELTS 7.5, matematika A+, o‘zbek tili va adabiyot A, tarix B+

 

SAT 1200+

 

Yo‘ldoshev Jahongir – 1360 ball

Ismoilov Ibrohim – 1520 ball

To‘raqulova Shirina – 1530 ball

 

Avvalroq, Angrenda bir maktabning 70 nafar o‘quvchisi o‘zbek tili va adabiyot fanidan milliy sertifikatlarni qo‘lga kiritgani haqida xabar bergan edik.