Tanlagan beshta yo’nalishida biriga o’qishga kirgan, lekin birinchi tanlovida o’qimoqchi bo’lgan abituriyentlarga ham super kontrakt qilishga ruxsat beriladimi? Buning tartibi qanday?
Oʻtgan yili abituriyent oʻzi tanlagan birinchi yoʻnalishga kira olmagan, lekin 2, 3, 4 yoki 5-yoʻnalishlardan biriga oʻqishga kirgan boʻlsa, istisno tariqasida faqat birinchi tanlagan yoʻnalishiga super kontrakt qilishga ruxsat berilgan edi.
Lekin bu 2, 3 yoki 4-yoʻnalishga taalluqli emas. Yaʼni, 5-tanlagan yoʻnalishiga oʻqishga kirgan abituriyent 2 yoki 3-yoʻnalishida super kontraktda oʻqiy olmasdi, faqat birinchiga ruxsat berilgandi.
Joriy yilda super kontrakt boʻyicha hali aniq tartib belgilanganmadi. Oʻzgarish boʻlsa, qoʻshimcha xabar beriladi.
Oʻqishga kira olmaganlar istalgan beshta yoʻnalish boʻyicha super kontrakt qila olishadimi?
Ushbu masala ham hozircha ochiq turibdi. Lekin oʻtgan yilgi beshta yoʻnalishga ham oʻqishga kira olmagan abituriyentlar istalgan beshta yoʻnalishdan birini tanlab, super kontraktda oʻqishiga ruxsat berilgan edi.
