Maktab maslahatchisi lavozimi uchun zaxira nomzodlar qayta suhbatdan o‘tkaziladi

Maktab maslahatchisi lavozimi uchun zaxira nomzodlar qayta suhbatdan o‘tkaziladi

Suhbat bosqichida 25,2 balldan yuqori ball to‘plagan va zaxira nomzod sifatida qayd etilgan talabgorlar mavjud vakant maktablar uchun tavsiyanoma olish maqsadida qayta suhbatdan o‘tkaziladi. Suhbatlar 17–18-avgust kunlari hududiy “Kelajak” markazlarining doimiy suhbat komissiyalari tomonidan o‘tkaziladi.

 

Xabaringiz bor, maktab maslahatchisi lavozimi uchun tanlovning ikkinchi mavsumi doirasidagi yakuniy natijalar 23-iyul kuni e’lon qilingan edi.

 

Suhbat bosqichida 25,2 balldan yuqori ball to‘plagan, biroq vakant o‘rinlarga tavsiya etilmagan va zaxira nomzod sifatida qayd etilgan talabgorlar uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratilmoqda.

 

Ular mavjud vakant maktablar uchun tavsiyanoma berish maqsadida hududiy “Kelajak” markazlarining doimiy suhbat komissiyalari tomonidan 17–18-avgust kunlari o‘tkaziladigan suhbatda ishtirok etishi mumkin.

 

Suhbatda qatnashish uchun talabgorlar tegishli hududiy “Kelajak” markaziga murojaat qilishi kerak. Bunda shaxsni tasdiqlovchi hujjatni o‘zi bilan olib borish lozim.

 

Maktab maslahatchisi lavozimi o‘quvchilarning yetakchilik, tashabbuskorlik va jamoada ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan hamda ularning ilmiy, madaniy, sport va ijtimoiy salohiyatini rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi.

 

Maktab maslahatchisi quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi:

 

  • umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida “Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturi mazmunini yoritish, unda nazarda tutilgan g‘oya va maqsadlarni o‘quvchilar o‘rtasida keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni yo‘lga qo‘yish;
  • “Kelajak” markazlarining tarmoq to‘garaklari faoliyatini tizimli tashkil etish;
  • o‘quvchilarni tarixiy obidalar, madaniy yodgorliklar, milliy va umuminsoniy qadriyatlar bilan yaqindan tanishtirish;
  • o‘quvchilarda yetakchilik qobiliyati, tashabbuskorlik va jamoa bilan ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida turli loyihalar, klublar, debatlarni yo‘lga qo‘yish;
  • madaniyat, san’at, kitobxonlik, sport va ekologik yo‘nalishlardagi loyihalarni tashkil etish, ular orqali o‘quvchilarda estetik didni shakllantirish, jismoniy faollikni oshirish, kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirish hamda tabiatni muhofaza qilishga oid bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish;
  • o‘quvchilarning maktabdan tashqari ta’lim muassasalariga jalb etilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini tizimli ravishda shakllantirish va yuritish.

 

Shuningdek, maktab maslahatchilari o’quvchilar ta’lim-tarbiyasida asosiy mutaxassis bo’lishi belgilangan. Shu sababli, ularning oylik maoshi direktor o’rinbosarinikiga tenglashtirilgan.

Bilimni baholash agentligi

AI bot abituriyentlarga yo'nalish tanlashga yordam beradi

Bilim va malakalarni baholash agentligi ma'lumotlari asosida.

Telegram'da ochish