Universitetlar mustaqilligi qaysi davlatlarda yuqori?

Universitetlar mustaqilligi qaysi davlatlarda yuqori?

V-Dem akademik erkinlik indeksi va Our World in Data ma’lumotlari asosida tayyorlangan yangi tadqiqot dunyo mamlakatlarida universitetlar va olimlarning mustaqillik darajasini baholadi. Unga ko‘ra, 2015-yildan buyon 50 ta mamlakatda akademik erkinlik pasaygan, 2025-yilda Chexiya 0,98 ball bilan dunyoda birinchi o‘rinni egallagan.

 

2015-yildan buyon dunyoning 50 ta mamlakatida akademik erkinlik darajasi pasaygan, atigi 9 ta davlatda esa bu ko‘rsatkich yaxshilangan.

 

V-Dem’ning 2025-yilgi Akademik erkinlik indeksi va Our World in Data ma’lumotlari asosida tuzilgan xaritada universitetlar va olimlarning davlat hamda institutlar aralashuvidan qanchalik himoyalangani ko‘rsatilgan.

 

Qayd etilishicha, deyarli maksimal bo‘lgan 0,98 ball bilan Chexiya birinchi o‘rinni egallagan. Undan keyingi o‘rinlarda Estoniya (0,97), Belgiya (0,95) va Sloveniya (0,94) qayd etilgan.

 

Reytingning yuqori pog‘onalarini deyarli to‘liq Yevropa davlatlari egallagan. Biroq yetakchilar qatoridan Chili va Kosta-Rika ham joy olgan. Ular iqtisodiy jihatdan ancha boy bo‘lgan ko‘plab davlatlardan yuqori natija qayd etgan.

 

Lotin Amerikasining ko‘plab mamlakatlarida universitetlar avtonomiyasi bevosita konstitutsiyada mustahkamlangan. Bu esa oliy ta’lim muassasalarini siyosiy ta’sirdan himoya qilishga xizmat qiladi.

 

Shuningdek, Yamayka va Seyshel orollari ham reytingda yuqori o‘rinlarni egallagan. Ularning iqtisodiy salohiyati ancha kam bo‘lishiga qaramay, bu natijalar akademik erkinlikni ta’minlashda geosiyosiy mavqeidan ko‘ra mustaqil institutlar va huquqiy kafolatlar ko‘proq muhim ekanini ko‘rsatadi.

 

Reytingning quyi pog‘onalaridan Xitoy, Eron, Myanma va Nikaragua joy olgan. Bu mamlakatlarda ilmiy faoliyat erkinligi uchun sharoit dunyodagi eng qattiq cheklovlar mavjud davlatlar qatorida qolmoqda.

 

Universitetlar mustaqilligi qaysi davlatlarda yuqori?

 

Xitoyda o‘qituvchi va tadqiqotchilar faoliyati auditoriyalardagi videokuzatuv kameralari, talabalar orasida axborot to‘plash tizimi hamda mafkuraviy nazorat joriy etilgani sabab akademik erkinlik ko‘rsatkichi so‘nggi o‘n yil ichida qariyb 40 foizga pasaygan.

 

Hindistonda akademik erkinlik tez sur’atlarda qisqargan

 

2010-yildan buyon Hindiston akademik erkinlik eng tez sur’atlarda pasaygan mamlakatlardan biriga aylandi. Narendra Modi bosh vazirligi davrida maktab darsliklari qayta ko‘rib chiqilgan, mamlakat tarixining ayrim qismlari qayta yozilgan.

 

Bunda, tadqiqotlari yoki siyosiy qarashlari hukumatning rasmiy pozitsiyasiga zid bo‘lgan olimlar ko‘proq bosim va qo‘rqitishlarga duch kelgani qayd etilgan.

 

Oliy ta’lim tizimidagi muammolarga ommaviy talabalar norozilik namoyishlari ham e’tibor qaratilishiga sabab bo‘lgan. 2026-yilda NEET-UG tibbiyot oliygohlariga kirish imtihoni imtihon materiallari sizdirilgani sababli bekor qilinganidan so‘ng, butun Hindiston bo‘ylab yoshlar norozilik harakati tarqalgan. Bu noroziliklar esa ta’lim vaziri Dharmendra Pradhanning iste’fosiga olib kelgandi.

 

Ta’kidlanishicha, akademik erkinlik darajasi kutilganidan ancha tez o‘zgarishi mumkin. Hatto uzoq yillik an’analarga ega universitet tizimlari ham siyosiy qarorlar va qonunchilikdagi islohotlar ta’sirida o‘n yil ichida o‘z mavqeini sezilarli darajada o‘zgartirishi mumkin.

 

Avvalroq, dunyo mamlakatlarida ta’limga yo‘naltirilayotgan mablag‘lar haqidagi ma’lumotlarni YuNESKO Statistika instituti hamda O‘zbekiston Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlari asosida keltirgandik.

Bilimni baholash agentligi

AI bot abituriyentlarga yo'nalish tanlashga yordam beradi

Bilim va malakalarni baholash agentligi ma'lumotlari asosida.

Telegram'da ochish