O‘zbekistonda o‘quvchi, talaba va o‘qituvchilar uchun sun’iy intellekt o‘quv materiallari ishlab chiqiladi

O‘zbekistonda o‘quvchi, talaba va o‘qituvchilar uchun sun’iy intellekt o‘quv materiallari ishlab chiqiladi

Kelgusi ikki yilda “Besh million sunʼiy intellekt yetakchilari” loyihasi toʻliq amalga oshiriladi. Shuningdek, oʻquvchilar, talabalar, oʻqituvchilar va keng aholi uchun sunʼiy intellekt boʻyicha zamonaviy oʻquv-uslubiy materiallar ishlab chiqiladi.

 

Bugun, 7-avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizda sunʼiy intellekt ekotizimini rivojlantirish boʻyicha erishilgan natijalar va istiqboldagi ustuvor vazifalar yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.

 

Taqdimotda sunʼiy intellekt sohasida kadrlar tayyorlash masalasiga alohida eʼtibor qaratildi. Qayd etilishicha, bugungi kunga qadar 1,5 milliondan ortiq foydalanuvchi sunʼiy intellekt boʻyicha maxsus sertifikat olgan.

 

Shuningdek, 900 nafar rahbar, 3 mingdan ziyod davlat xizmatchisi, 1 ming nafar bank xodimi va 200 nafar maslahatchi maxsus kurslarda oʻqitilgan.

 

Kelgusi ikki yilda “Besh million sunʼiy intellekt yetakchilari” loyihasini toʻliq amalga oshirish vazifasi belgilandi. Loyiha doirasida oʻquvchilar, talabalar, oʻqituvchilar va keng aholi qatlamlari uchun zamonaviy oʻquv-uslubiy materiallari ishlab chiqiladi.

 

Bundan tashqari, sunʼiy intellekt yoʻnalishida iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida hududlarda xakaton va tanlovlar oʻtkazish ishlari kengaytiriladi.

 

Jumladan, Nukus, Samarqand, Termiz, Buxoro, Fargʻona, Andijon, Guliston va Jizzax shaharlarida sohaviy xakaton va tanlovlar tashkil etilgan, “Sunʼiy intellekt yoʻnalishida eng yaxshi startap” tanloviga start berilgan. Endilikda bunday tadbirlarni barcha hududlarda oʻtkazish topshirildi.

 

Prezident mutasaddilarga hisoblash quvvatlarini izchil oshirish, sohalarda amaliy loyihalarni koʻpaytirish, sifatli maʼlumotlar bazasini yaratish, iqtidorli yoshlar va startaplarni qoʻllab-quvvatlash hamda xalqaro hamkorlikni kengaytirish boʻyicha aniq topshiriqlar berdi.

Bilimni baholash agentligi

AI bot abituriyentlarga yo'nalish tanlashga yordam beradi

Bilim va malakalarni baholash agentligi ma'lumotlari asosida.

Telegram'da ochish