Vazirlik oʻqishni koʻchirish muddati uzaytirilganini eʼlon qildi

Vazirlik oʻqishni koʻchirish muddati uzaytirilganini eʼlon qildi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi respublikadagi nodavlat oliy taʼlim muassasalariga oʻqishni koʻchirish va qayta tiklash boʻyicha arizalarni qabul qilish muddati 10-avgustga qadar uzaytirilganini maʼlum qildi. Shuningdek, endilikda nodavlat OTMlarga transfer “boshqa sabablarga koʻra” ham amalga oshirilishi mumkin.

 

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi respublikadagi nodavlat oliy taʼlim muassasalariga talabalar oʻqishini koʻchirish (boshqa sabablarga koʻra ham), bir nodavlat OTM doirasida oʻqishni koʻchirish hamda oʻqishni qayta tiklash boʻyicha arizalarni qabul qilish muddati 2026-yil 10-avgustga qadar (shu kuni ham) uzaytirilganini eʼlon qildi.

 

Amaldagi tartibga koʻra arizalar 5-avgust kuni yakunlanishi kerak edi. Biroq Talimxabarlari.uz bugun, 6-avgust kuni ham transfer.edu.uz platformasi orqali ariza topshirish imkoniyati saqlanib qolganini amalda tekshirib koʻrgani ma’lum qilgan edi.

 

Shuningdek, platforma faoliyati oʻrganilganda yana bir muhim oʻzgarish aniqlangan edi. Avval nodavlat oliy taʼlim muassasalari oʻrtasidagi transfer uchun faqat ikkita uzrli sabab mavjud boʻlgan boʻlsa, bugun ularga “Boshqa sababga koʻra” bandi ham qoʻshilgani maʼlum boʻldi. Talimxabarlari.uz ushbu band orqali ham ariza muvaffaqiyatli yuborilganini amalda sinab koʻrgan edi.

 

Oradan koʻp oʻtmay, vazirlik ushbu oʻzgarishlarni rasman tasdiqlab, nodavlat OTMlarga oʻqishni koʻchirish boʻyicha arizalar endilikda boshqa sabablarga koʻra ham qabul qilinishini hamda qabul muddati 10-avgustga qadar uzaytirilganini eʼlon qildi.

 

Eslatib oʻtamiz, respublikadagi davlat va nodavlat OTMlardan oʻqishni koʻchirish hamda qayta tiklash boʻyicha arizalar transfer.edu.uz platformasi orqali hamda xorijiy OTMlardan oʻqishni koʻchirish boʻyicha arizalar esa my.uzbmb.uz platformasi orqali qabul qilinadi.

 

Vazirlik belgilangan muddatdan keyin taqdim etilgan arizalar koʻrib chiqilmasligini ham eslatdi.

Bilimni baholash agentligi

AI bot abituriyentlarga yo'nalish tanlashga yordam beradi

Bilim va malakalarni baholash agentligi ma'lumotlari asosida.

Telegram'da ochish