Qozog‘istonda maktab o‘quvchilariga ayrim darslarda telefondan foydalanishga ruxsat berilishi mumkin

Qozog‘istonda maktab o‘quvchilariga ayrim darslarda telefondan foydalanishga ruxsat berilishi mumkin

Qozog‘iston hukumati maktablarda smartfonlardan foydalanish tartibini o‘zgartirishni rejalashtirmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Yangi qoidalarga ko‘ra, kichik sinf o‘quvchilari dars vaqtida telefonlarini topshirsa, yuqori sinflarda ular ta’lim maqsadlarida qo‘llanilishi mumkin.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Qozog‘istonda maktab o‘quvchilarining dars vaqtida smartfonlardan foydalanishiga oid yagona qoidalar ishlab chiqilmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Qozog‘iston Respublikasi maorif vaziri Juldiz Sulaymonovaning ma’lum qilishicha, maktablarda telefonlardan to‘liq foydalanishni taqiqlash rejalashtirilmagan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Yangi tartibga ko‘ra, 7-sinfgacha bo‘lgan o‘quvchilar dars vaqtida smartfonlarini topshirishi kutilmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Yuqori sinf o‘quvchilariga esa ayrim hollarda telefonlardan foydalanishga ruxsat beriladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Xususan, ular onlayn ta’lim platformalarida ishlash, Yagona milliy test (YMT) hamda xalqaro imtihonlarga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida smartfonlardan foydalanishi mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Vazirning ta’kidlashicha, mazkur hujjat hali muhokama bosqichida bo‘lib, yakuniy qaror qabul qilinmagan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Shuningdek, Qozog‘iston Maorif vazirligi Madaniyat va axborot vazirligi bilan hamkorlikda bolalarga qaysi yoshdan boshlab ijtimoiy tarmoqlarda akkaunt ochishga ruxsat berish masalasini ham ko‘rib chiqmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Bundan tashqari, yangi o‘quv yilidan boshlab maktab ta’limiga sun’iy intellektni joriy etish bo‘yicha pilot loyiha (sinov jarayonidagi loyiha) ishga tushiriladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Joriy yil 1-sentyabrdan loyiha Qizilo‘rda va Pavlodar viloyatlaridagi 10 ta kichik komplektli maktabda amalga oshiriladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Ushbu hududlarda tabiiy fanlar bo‘yicha o‘qituvchilar yetishmasligi sababli sun’iy intellektdan foydalanish rejalashtirilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Loyiha doirasida maktablar planshetlar va interaktiv doskalar bilan jihozlanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Planshetlardan 7–11-sinf o‘quvchilari foydalanishi ko‘zda tutilgan, biroq bu Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishilganidan keyingina amalga oshiriladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Shu bilan birga, qog‘oz darsliklar saqlab qolinadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Vazir, shuningdek, maktab darsliklarini yangilash rejalari haqida ham ma’lum qildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Joriy yil oxirigacha 4–9-sinflar uchun aksariyat fanlardan darsliklar qayta nashr etiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ 8-sinf darsliklari esa 1-aprelga qadar yangilanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Faqat Qozog‘iston tarixi va Jahon tarixi fanlari bundan mustasno bo‘lib, ular bo‘yicha yangi 7 jildlik nashr tayyorlanishi yakunlanishi kutilmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Ma’lumot uchun, Qozog‘iston qonunchiligiga ko‘ra, maktab darsliklari har 5 yilda bir marta qayta nashr etiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Hozir maktablarda 2017-yilda chop etilgan darsliklardan foydalanilmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Biroq o‘quv dasturlari yangilangani sababli ularning mazmunini ham qayta ko‘rib chiqish zarurati tug‘ilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Avvalroq, Angliyadagi maktablarda smartfonlar taqiqlangani, bu esa ota-onalar va pedagoglar qarorni qo‘llab-quvvatlangani haqida xabar berilgandi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠