Oʻquv markazlari ochish uchun yer va davlat obyektlari imtiyozli narxda auksionga chiqariladi

Oʻquv markazlari ochish uchun yer va davlat obyektlari imtiyozli narxda auksionga chiqariladi

Bugun Prezident yoshlar bilan uchrashuv o’tkazdi. Ushbu uchrashuv davomida yoshlarga doir bir qancha yangi imkoniyatlar haqida so’z bordi.

 

“Bugungi kunning muvaffaqiyat formulasi, ertangi taraqqiyotning mustahkam zamini uchta eng muhim ustunga tayanadi. Bu – bilim, kasb va texnologiya!

Mening niyatim – har bir yigit-qiz ana shunday imkoniyatga ega bo‘lib, hayotda munosib o‘rnini topsin”, – dedi Prezidentimiz.

 

Hududlarda “O‘quv markazi qurib, yoshlarga kasb va til o‘rgataman” degan o‘g‘il-qizlar ko‘payib bormoqda. Endilikda bu maqsadlar uchun yer va davlat obyektlari imtiyozli narxda auksionga chiqariladi.

 

Yoshlar to‘lovni besh yilda foizsiz bo‘lib to‘laydi. Infratuzilmaga zarurat bo‘lsa, davlat qilib beradi.

 

O‘quv markazini qurish va jihozlash uchun kredit stavkasining 7 foizi kompensatsiya qilinadi.

 

Yoshlar o‘quv markazlariga xorijiy ilg‘or o‘quv dasturlari va o‘qituvchilarni olib kelsa, davlat ushbu xarajatning yarmini qoplashga ham tayyorligi ma’lum qilindi.