Navoiydagi maktabda xodimlarni majburiy mehnatga jalb qilish holati aniqlandi

Navoiydagi maktabda xodimlarni majburiy mehnatga jalb qilish holati aniqlandi

Navoiy shahridagi 20-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida xodimlarni majburiy mehnatga jalb qilish holati aniqlandi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ Tekshiruv yakunlariga ko‘ra, xodimlarni ta’mirlash ishlariga majburlagan mas’ul shaxsga ma’muriy jarima qo‘llanilgan.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan Navoiy shahridagi 20-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida faoliyat yuritayotgan 6 nafar xodimning murojaati o‘rganilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

O‘rganish davomida maktabning xo‘jalik ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari N.Djabbarova xodimlarni ish haqi yozilmasligi bilan tahdid qilib, ta’mirlash ishlariga majburiy jalb qilgani aniqlangan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Mazkur holat O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi talablarini buzish sifatida baholanib, mas’ul shaxsga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 51-moddasi 1-qismi asosida 20 million 600 ming so‘m miqdorida ma’muriy jarima qo‘llanilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Davlat mehnat inspeksiyasi majburiy mehnat va xodimlar huquqlarining buzilishiga nisbatan qonunchilikda qat’iy javobgarlik belgilanganini yana bir bor eslatdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Avvalroq, Andijon viloyati Marhamat tumanidagi 42-maktab oʻqituvchilarni “majburiy mehnatga jalb etilgani” uchun maktab direktori 42 mln soʻm miqdorida jarimaga tortilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ Pedagoglarni oʻz lavozim majburiyatidan tashqari ishlarni bajarish holatini nazoratga olmagani sababli maktab direktori egallab turgan lavozimidan ozod etilgan edi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠