Abituriyentlar bugun soat 23:59 ga qadar kirish imtihonlari uchun to‘lov qilishlari kerak

Abituriyentlar bugun soat 23:59 ga qadar kirish imtihonlari uchun to‘lov qilishlari kerak

2026–2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlandi. Talabgorlar bugun soat 23:59 ga qadar test uchun toʻlovni amalga oshirishlari kerak.

 

Xabaringiz bor, kecha 2026–2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlandi.

 

25-iyun kuni soat 08:05 holatiga ko‘ra, davlat oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga qabul uchun 681 450 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tgan.

 

Ro‘yxatdan o‘tganlarning 432 979 nafari joriy yil bitiruvchilari bo‘lsa, 248 471 nafari avvalgi yillarda ta’lim muassasalarini tamomlagan talabgorlardir.

 

Abituriyentlarning 365 733 nafari (53,7 foiz) ayollar, 315 717 nafari (46,3 foiz) erkaklardan iborat.

 

Ta’lim tili bo‘yicha eng katta ulush o‘zbek tiliga to‘g‘ri keladi. Natijalar quyidagicha:

 

  • o‘zbek tili — 603 000 nafar (88,5 foiz);
  • rus tili — 63 693 nafar (9,3 foiz);
  • qoraqalpoq tili — 130319 nafar (2,0 foiz);
  • boshqa tillar — 1 438 nafar (0,2 foiz).

 

Hududlar kesimida eng ko‘p abituriyent Toshkent shahrida qayd etilgan bo‘lib, ularning soni 116 882 nafarga yetgan.

 

Ma’lumot uchun: roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlar test sinovi uchun toʻlovni bugun, 26-iyun kuni soat 23:59 ga qadar amalga oshirishlari mumkin. Joriy yil bitiruvchilaridan to‘lov undirilmaydi.