Xabaringiz bor, bugun Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida 2026/2027-o‘quv yilgi magistratura uchun hujjatlar qabulining so‘nggi kuni.
Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasining 2026/2027-o‘quv yili uchun magistratura mutaxassisliklariga ochiq tanlov asosida hujjatlar qabul qilish jarayoni 2026-yil 26-iyun kuni yakunlanadi.
Magistratura ta’limiga hujjat topshirish istagida bo‘lgan nomzodlardan arizalarini Akademiyaning qabul.dsba.uz portali orqali belgilangan muddatga qadar to‘liq rasmiylashtirishlari so‘raladi.
Qabul jarayonlari davlat buyurtmasi hamda ochiq tanlov asosida, kunduzgi, kechki va masofaviy ta’lim shakllarida amalga oshiriladi.
Akademiyada qabul quyidagi 5 ta magistratura mutaxassisligi bo‘yicha tashkil etiladi:
- davlat boshqaruvi;
- hududlarni kompleks rivojlantirish;
- inson resurslarini rivojlantirish;
- davlat siyosati;
- davlat moliyasini boshqarish.
Qabul ikki tartibda amalga oshiriladi:
- davlat buyurtmasi asosida (davlat granti hamda to‘lov-kontrakt);
- ochiq tanlov asosida (faqat to‘lov-kontrakt).
Muhim: nomzodlar kamida ikki yillik mehnat stajiga ega bo‘lishi lozim.
Shuningdek, qabul.dsba.uz portali orqali ro‘yxatdan o‘tgan, biroq ariza topshirish jarayonini yakunlamagan nomzodlar arizalarini belgilangan muddatda to‘liq rasmiylashtirib, yakuniga yetkazishlari lozim.
CEFR B2 va undan yuqori darajadagi xalqaro sertifikatga ega nomzodlar xorijiy til testi bosqichidan ozod etiladi hamda maksimal ball bilan baholanadi.
Eslatma: belgilangan muddatga qadar yakunlanmagan arizalar qabul qilinmaydi hamda bunday nomzodlarga imtihonlarda ishtirok etishga ruxsat berilmaydi.
