Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanida joylashgan “Mexmonxonov” tayyorlov kursi 15 yildan buyon abituriyentlarni oliy ta’lim muassasalariga tayyorlab kelmoqda. Bugungi kunda ushbu markaz nafaqat yuqori natijalari, balki yuzlab yoshlarning orzulariga qanot bo‘layotgani bilan ham ajralib turadi.
Joriy yilning o‘zida markaz o‘quvchilari tomonidan 1200 dan ortiq milliy sertifikat qo‘lga kiritildi. Ayniqsa, ko‘plab o‘quvchilarning imtihonlarsiz yoki katta imtiyozlar bilan talabalikka erishayotgani markaz faoliyatining samaradorligini ko‘rsatmoqda.
Shunday o‘quvchilardan biri — To‘raqo‘rg‘on tumanidagi 1-maktabning 11-sinf bitiruvchisi Zokirjonov Asadbek Umirzoq o‘g‘lidir. U qisqa vaqt ichida 5 ta fandan milliy sertifikat olib, muddatidan avval talabalik sari muhim qadam tashladi.
Asadbek kimyo fanidan A+, biologiya fanidan A, o‘zbek tili va adabiyot fanidan B, tarix fanidan B hamda matematika fanidan C darajali milliy sertifikatlarni qo‘lga kiritdi.
Kelajakdagi maqsadlari haqida gapirar ekan, u avvalo ota-onasining ishonchini oqlashni eng katta vazifa deb bilishini ta’kidladi.
Men Toshkent tibbiyot institutiga hujjat topshirmoqchiman. Kelajakdagi asosiy maqsadim ota-onamning menga bildirgan ishonchini oqlash va ularga munosib farzand bo‘lishdir. Shuningdek, nafaqat respublika, balki jahon miqyosidagi eng kuchli xirurglardan biri bo‘lishni va kelajakda o‘z klinikamni ochishni orzu qilaman, — deydi Asadbek.
Uning aytishicha, sertifikat olish g‘oyasi “Mexmonxonov” o‘quv kursida tahsil olishni boshlaganidan keyin paydo bo‘lgan.
Dastlab olgan bilimlarimni sinab ko‘rish maqsadida sertifikat imtihonlarida qatnashdim. Keyinchalik bu men uchun katta maqsadga aylandi. Tayyorgarlik jarayonida yuqori malakali ustozlarim bilan birgalikda muntazam mehnat qildim. Katta natijalarga erishish uchun esa sabr va tinimsiz mehnat zarur.
Yuqori natijalarga erishishda darsliklar, qo‘shimcha materiallar va tajribali ustozlarning hissasi katta bo‘lgan.
U maktabdagi ta’limni ham e’tibordan chetda qoldirmagan. Zarur fanlarni maktab o‘qituvchilari bilan hamkorlikda chuqurroq o‘rganishga harakat qilgan.
Asadbekning fikricha, tayyorgarlik davridagi eng katta qiyinchilik vaqtni to‘g‘ri taqsimlash bo‘lgan.
Sertifikat darajasida tayyorgarlik ko‘rish juda ko‘p vaqt talab qiladi. Berilgan vazifa va topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarish ba’zan qiyinchilik tug‘dirgan. Ammo maqsadim aniq bo‘lgani uchun harakat qilishda davom etdim. Har bir inson oldiga katta maqsadlar qo‘yishi kerak. Eng muhimi, o‘ziga bergan va’dasida qat’iy turish va har qanday vaziyatda ham maqsadini unutmaslikdir, — ta’kidlaydi u.
Bugun esa u o‘z mehnatining samarasini ko‘rmoqda. Barcha 5 ta fandan sertifikat qo‘lga kiritgan o‘quvchi hozirda bo‘sh vaqtini badiiy kitoblar mutolaasi va rus tilini o‘rganishga bag‘ishlamoqda.
Ma’lumot uchun, “Mexmonxonov” tayyorlov kursi 2025/2026-o‘quv yilida ham yuqori natijalarni qayd etdi. Markazning 76 nafar o‘quvchisi 5 ta fandan milliy sertifikat qo‘lga kiritgan bo‘lsa, ulardan 23 nafari 189 ball natijani qayd etgan. Shuningdek, 104 nafar o‘quvchida 4 tadan, 75 nafar o‘quvchida esa 3 tadan sertifikat mavjud.
Ayni vaqtda markazning 250 nafardan ortiq o‘quvchisida 3 va undan ortiq milliy sertifikat mavjud bo‘lib, 180 nafar o‘quvchi imtihonlardan avval talabalik sari katta qadam tashlagan.
O‘quv markazi rahbari, kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Mansurbek Mexmonxonov tomonidan yaratilgan ilmiy va amaliy metodikalar ko‘plab yoshlarning ta’limdagi muvaffaqiyatlariga xizmat qilmoqda. Shu sababli markaz har yili yuzlab yoshlarning ishonchli tanloviga aylanib bormoqda.
Avvalroq, mazkur markazning 76 nafar o‘quvchisi 5 ta fandan, 104 nafar o‘quvchisi esa 4 tadan milliy sertifikatlarni qo‘lga kiritgani haqida xabar bergan edik.
O‘quv markazi bilan bog‘lanish uchun tel:
+998952000990
+998952000330
Manzil: Namangan viloyati Toʻraqoʻrgʻon tumani




