“El-yurt umidi” stipendiya tanlovi: Suhbat bosqichidan kimlar o‘tdi?

“El-yurt umidi” stipendiya tanlovi: Suhbat bosqichidan kimlar o‘tdi?

“El-yurt umidi” jamg‘armasining 2026-yilgi 1-ochiq stipendiya tanlovi doirasida suhbat bosqichi natijalari e’lon qilindi. Tanlov komissiyasi qaroriga ko‘ra, suhbatda 100 balldan kamida 61 ball to‘plagan nomzodlar keyingi bosqichga o‘tgan deb topildi.

 

“El-yurt umidi” jamgʻarmasining 2026-yil 1-ochiq stipendiya tanlovi suhbat bosqichi natijalari eʼlon qilinadi.

 

Tanlov komissiyasining qaroriga ko‘ra, suhbat bosqichi uchun belgilangan eng yuqori 100 balldan kamida 61 ball toʻplagan nomzodlar “suhbatdan oʻtgan” deb eʼtirof etildi.

 

Suhbat natijalari bilan quyidagi HAVOLA orqali tanishishingiz mumkin.

 

Tanlov komissiyasi tomonidan “suhbatdan oʻtgan” deb eʼtirof etilgan nomzodlar orasidan test va suhbat bosqichlarida toʻplangan ballar umumlashtiriladi.

 

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 5-maydagi PF-77-son Farmoniga asosan, Jamgʻarma taʼlim dasturlari boʻyicha stipendiya gʻoliblarining yakuniy roʻyxati tanlov yakunlangandan soʻng uzogʻi bilan bir oy muddat ichida Jamgʻarma Boshqaruv kengashi qarori bilan tasdiqlanadi hamda eʼlon qilinadi.

 

Avvalroq, “El-yurt umidi” stipendiya tanlovining 1-bosqich natijalari e’lon qilingan edi