2026-yilning ikkinchi choragida bo‘lib o‘tayotgan nostrifikatsiya bo‘yicha imtihon 4-iyun kuni tashkil etiladi. Ushbu kunda sinovda qatnashadigan ishtirokchilar ro‘yxati e’lon qilindi.
Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik haqidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya) bo‘yicha navbatdagi test sinovlari 2026-yil 4-iyun kuni o‘tkaziladi.
Test sinovida ishtirok etishi belgilangan talabgorlar ro‘yxati, test topshiradigan fanlar va test topshirish hududi bilan yuqoridagi PDF faylda tanishish mumkin (my.gov.uz sayti yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali ro‘yxatdan o‘tishda topshirgan ariza raqami orqali).
Talabgorlar imtihon o‘tkaziladigan binoga belgilangan vaqtdan kechikmagan holda shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari lozim.
Izoh: Talabgorlar turli sabablarga ko‘ra, test topshirish hududini yoki test topshirish tilini o’zgartirish uchun https://t.me/NostrifikatsiyaBBA_bot manzili orqali (ariza raqami, ism, familiya va sharifini keltirgan holda) murojaat qilishlari mumkin.
Ro‘yxat — Fayni yuklash
Bilimni baholash agentligi xabariga ko‘ra, test sinovida 407 nafar talabgor ishtirok etgan bo‘lib, shulardan 76 nafari belgilangan talabni bajargan.
