Bugun Bilim va malakalarni baholash agentligi Sirdaryo viloyati bo‘limida tashkil etilgan chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha malaka imtihonida 8 yoshli Xamroyev Ibrohim Anvarjon o’g’li imtihon topshirdi. Bu hozirga qadar mazkur tizimda imtihon topshirgan eng yosh talabgor sifatida qayd etildi.
Yosh talabgor bilan suhbatni tomosha qiling. Kishida bevosita havas uyg‘otadigan samimiyat, bilimga chanqoqlik va intiluvchanlik uyg‘unligi.
Bundan avval 10 yoshli talabgor ingliz tilidan malaka imtihonida ishtirok etib, natijaga ko‘ra C1 darajadagi sertifikatga ega bo‘lgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
