Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimida qabul: O‘quvchilar boshqa viloyatdagi maktablarga hujjat topshira oladimi?

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimida qabul: O‘quvchilar boshqa viloyatdagi maktablarga hujjat topshira oladimi?

2026/2027-oʻquv yili uchun ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablariga hujjatlar 15-maydan 4-iyungacha onlayn tarzda my.gov.uz va ariza.piima.uz saytlari orqali qabul qilinadi. Oʻquvchilar hujjat topshirishi mumkin boʻlgan maktablar hududga qarab farqlanadi.

 

Xabar berganimizdek, ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan va ijod maktablariga 2026/2027-oʻquv yili uchun hujjatlar qabuli 15-maydan 4-iyungacha onlayn shaklda my.gov.uz hamda ariza.piima.uz saytlari orqali amalga oshiriladi.

 

Oʻquvchi boshqa viloyatdagi agentlik tizimidagi maktablarga hujjat topshira oladimi?

 

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligining xabar berishicha, oʻquvchilar:

 

– oʻzlari oʻqigan maktabi joylashgan hududdagi Prezident yoki ixtisoslashtirilgan maktablarga;

– Respublikaning istalgan hududidagi ijod maktablariga;

– Toshkent shahridagi sport maktablariga hamda Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatiga;

– shuningdek, Toshkent shahridagi Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulugʻbek va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarning biriga yoki ushbu maktablarning hududdagi filialiga hujjat topshirishlari mumkin.

 

Qoʻshimcha maʼlumotlar uchun — Call-markazning 1206 qisqa raqamiga murojaat qilishingiz soʻraladi.

 

Avvalroq, rezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjat topshirishda nimalarni bilish kerakligi haqida xabar bergan edik.