Ertaga, 13-may kuni 2026-yilgi pedagog kadrlarni kasbiy sertifikatlash nazorat sinovlari o‘tkaziladi.
Xabaringiz bor, 2026-yilgi kasbiy sertifikat olishga daʼvogar boʻlgan davlat maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotidagi hamda avval kasbiy sertifikatlashda ishtirok etib, oʻta olmagan stajyor-oʻqituvchi, stajyor-tarbiyachi, psixolog yoki mutaxassis lavozimidagi, shuningdek, pedagoglar attestatsiyasidan oʻta olmagan, mutaxassis (oliy maʼlumotli oʻqituvchi) lavozimiga muvofiq emas, egallab turgan lavozimiga muvofiq emas (oʻrta maxsus maʼlumotlilar) deb topilgan pedagog kadrlarni kasbiy sertifikatlash nazorat sinovlari 13-may kuni bo‘lib o‘tadi.
Kasbiy sertifikatlash nazorat sinovlari oʻtkaziladigan manzillar ro‘yxati
Quyidagi roʻyxatlar orqali pedagoglar nazorat sinovi topshiradigan aniq sanasini, guruhini va vaqtini bilib olishlari mumkin:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi – Faylni yuklash
Andijon viloyati – Faylni yuklash
Buxoro viloyati – Faylni yuklash
Jizzax viloyati – Faylni yuklash
Qashqadaryo viloyati – Faylni yuklash
Navoiy viloyati – Faylni yuklash
Namangan viloyati – Faylni yuklash
Samarqand viloyati – Faylni yuklash
Sirdaryo viloyati – Faylni yuklash
Surxondaryo viloyati – Faylni yuklash
Toshkent viloyati – Faylni yuklash
Fargʻona viloyati – Faylni yuklash
Xorazm viloyati – Faylni yuklash
Toshkent shahri – Faylni yuklash
Ma’lumot uchun: ushbu sinovlarda pedagoglarning mutaxassislik fani boʻyicha bilim darajasini aniqlash uchun 40 ta, pedagogik mahoratini baholash uchun 10 ta, jami 50 ta test beriladi. Har bir javob 2 balldan, jami 100 ball bilan baholanadi.
56 va undan yuqori ball toʻplagan talabgor test sinovidan oʻtgan hisoblanadi va uning shaxsiy kabinetiga elektron shakldagi sertifikat yuboriladi.
Kasbiy sertifikatlash sinov topshiriqlari spetsifikatsiyasi bilan ushbu link orqali tanishishingiz mumkin.
