Maktab o‘quvchilarini ekskursiya va turistik safarlarga olib chiqish belgilangan tartib asosida tashkil etiladi. Bu jarayondagi asosiy talablar Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-noyabrdagi 482-son qarorida keltirilgan.
Qarorga ko‘ra, umumta’lim maktablari va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari o‘quvchilarining ekskursiya va turistik safarlarini tashkil etish uchun ta’lim muassasasi ma’muriyati jo‘nab ketish sanasi, yo‘nalish va ishtirokchilar sonini ko‘rsatgan holda tegishli tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limi yoki o‘rta maxsus ta’lim boshqarmasiga murojaat qiladi.
Mazkur murojaat asosida, odatda, joʻnab ketish sanasigacha 3 sutkadan kechikmay qabul qilinadi.
Ruxsatnoma olingach, ta’lim muassasasi tashuvchi bilan shartnoma tuzadi.
Shundan so‘ng, jo‘nab ketish sanasigacha uch ish kunidan kechikmay Ichki ishlar vazirligining Yo‘l harakati xavfsizligi davlat xizmatiga maxsus buyurtmanoma yuboriladi. Unda harakatlanish sanasi, qatnov yo‘li, yo‘lovchilar ro‘yxati hamda avtobuslarga oid ma’lumotlar (mansubligi, markasi, davlat raqami) ko‘rsatiladi.
Shuningdek, yo‘l va ob-havo sharoiti noqulay bo‘lsa yoki transport vositalari hamda haydovchilar xavfsizlik talablariga mos kelmasa, hamrohlik qilish rad etilishi mumkin.
