Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tegishli tashkilotlarga yangi 2026-2027 oʻquv yili uchun qabul topshiriqlari yuborildi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi joriy yilning 29-aprel kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri, Toshkent shahar va viloyatlar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari boshliqlariga, tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshliqlariga hamda Jasorat maktablari direktorlariga 2026-2027 oʻquv yili uchun qabul bo‘yicha topshiriq xati jo‘natildi.
Mazkur topshiriqlarga ko‘ra, joriy yilning 1-may kunidan boshlab Jasorat sinflari tashkil etilgan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida hujjatlarni qabul qilish, rasmiylashtirish, jismoniy tayyorgarlik boʻyicha sinovlar oʻtkazish, test sinovini oʻtkazish uchun tegishli hujjatlarni tayyorlash va ota-onalarning (qonuniy vakilning) murojaatlarini koʻrib chiqish uchun 1206 qisqa raqamli call-markaz faoliyat yoʻlga qoʻyiladi.
Ushbu maktablarga 2026/2027-oʻquv yili uchun hujjatlar qabuli 15-maydan onlayn shaklda my.gov.uz, ariza.piima.uz saytlari orqali amalga oshiriladi.
Kirish imtihonlari oʻtkaziladigan joyi va vaqti toʻgʻrisida shaxsiy kabinetga yoki bogʻlanish uchun taqdim etilgan telefon raqamiga “SMS” shaklida xabar yuboriladi.
Jismoniy tayyorgarlik boʻyicha sinovlarini adolatli va shaffof oʻtkazish maqsadida sinovlarga sport maktablarining tajribali murabbiylarini (3 nafardan kam boʻlmagan) jalb etiladi.
Avvalroq, “Jasorat maktablari” ning 2026-2027-oʻquv yili uchun qabul kvotalari tasdiqlangani haqida xabar bergan edik.
