21-aprel kuni malaka sinovlarida yuqori natija ko‘rsatgan ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari e’lon qilindi

21-aprel kuni malaka sinovlarida yuqori natija ko‘rsatgan ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari e’lon qilindi

Bugun, 21-aprel kuni umumta’lim maktablarining Ona tili va adabiyot (oʻzbek sinflar uchun) va O‘zbek tili (Davlat tili) fani o‘qituvchilari uchun malaka sinovlari bo‘lib o‘tdi. Unda respublika bo‘yicha bir nechta o‘qituvchilar yuqori natijalar olgan.

 

2026-yil 7-apreldan boshlab maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagoglari uchun oʻquv fanlaridan malaka (test) sinovlari boshlandi.

 

Mazkur Ona tili va adabiyot (oʻzbek sinflar uchun) va O‘zbek tili (Davlat tili) fanidan o‘tkazilgan attestatsiya sinovlarida bir qancha o‘qituvchilar yuqori natijalarni qayd etishdi.

 

Jumladan:

 

— Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qorao‘zak tumani 16-sonli maktabning boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Elmira Qalimbetova — 92 ball;

 

— Samarqand viloyati Samarqand shahridagi 82-umumta’lim maktabi o‘zbek tili fani o‘qituvchisi Jabborova Gulchehra — 96 ball;

 

— Samarqand viloyati Samarqand tumani 28-umumta’lim maktabi ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi Luqmonova Shahlo — 96 ball;

 

— Samarqand viloyati Toyloq tumani 58-umumta’lim maktabi ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi Melikulova Gulnoz — 96 ball;

 

— Samarqand viloyati Samarqand shahridagi 16-umumta’lim maktabi o‘zbek tili fani o‘qituvchisi Mamadiyorova Sayyora — 90-ball;

 

— Navoiy viloyati Xatirchi tumani 36-maktab ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi Muhammadiyeva Hilola — 94 ball;

 

— Navoiy viloyati  Xatirchi tumani 52-maktab ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Imomov Axmadjon — 86 ball;

 

— Navoiy viloyati Tomdi tumani IMI ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi To‘raqulova Durdona — 94 ball;

 

— Navoiy viloyati Zarafshon shahri 10-maktab ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi Saidahmadova Shahlo — 92 ball;

 

— Navoiy viloyati Navbahor tumani 10-maktab ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi Fayziyeva Zarina — 86 ball;

 

— Buxoro viloyati Buxoro shahridagi 4-umumta’lim maktabining ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi Yulduz Mirzoyeva — 100 ball;

 

— Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahar 1-sonli DIUMning ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Muratova Sarvaraxon — 98 ball;

 

— Sirdaryo viloyati Boyovut tumani 6-umumta’lim maktabi Ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi Egamnazarova Nasiba — 92 ball;

 

— Sirdaryo viloyati Guliston shahar 11-umumta’lim maktabi Ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi Pardayeva Mahliyo — 92 ball;

 

— Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani 25-umumta’lim maktabi Ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi Hakimova Marjona — 90 ball;

 

— Toshkent shahri Yangihayot tumani 336-sonli umumta’lim maktabi ona tili fani o‘qituvchisi Komila Pardayeva — 96 ball;

 

— Toshkent shahri Yunusobod tumani 259-sonli umumta’lim maktabi o‘zbek tili fani o‘qituvchisi Mahfuza Sobirqulova — 96 ballni qo‘lga kiritdi.

 

Ma’lumot uchun, malaka toifa sinovlarida test topshiriqlarini bajarish uchun har bir fan o‘qituvchilariga vaqt meʼyorlari belgilangan.

 

22-aprel kuni sinovlarda qatnashadiganrus tili (milliy), rus tili va adabiyoti (rus), tojik tili va adabiyoti, turkman tili va adabiyoti, qozoq tili va adabiyoti, qirgʻiz tili va adabiyotifanlari oʻqituvchilari ro‘yxati – Faylni yuklash

 

23-25-aprel kunlari malaka test sinovlarida ishtirok etadiganingliz tili, fransuz tili, nemis tili, koreys tili, xitoy tili, yapon tili fanlari oʻqituvchilari ro‘yxati – Faylni yuklash

 

27-28-aprel kunlari malaka test sinovlarida ishtirok etadiganmatematika fani oʻqituvchilari ro‘yxati – Faylni yuklash

 

29-aprel kuni attestatsiyada qatnashadiganGeografiya, Iqtisodiy bilim asoslari fanlari oʻqituvchilari hamda Psixologlari, oʻqituvchi-defektologlari, oʻqituvchi-logopedlari ro‘yxati – Faylni yuklash

 

Malaka sinovlari oʻtkaziladigan manzillar – batafsil