11-sinf bitiruvchilari uchun texnikumlarga qabul parametrlari tasdiqlandi (ro‘yxat)

11-sinf bitiruvchilari uchun texnikumlarga qabul parametrlari tasdiqlandi (ro‘yxat)

2026/2027-oʻquv yili uchun hududlarning ixtisoslashuvidan kelib chiqqan holatda Kasbiy ta’lim agentligi tomonidan kamida umumiy o‘rta ma’lumotga (11-sinf)  ega bo‘lganlarni kasb va mutaxassisliklarga o‘qitish uchun qabul parametrlari belgilandi.

 

Agentlik xabariga ko‘ra, 587 ta texnikumga 276 ta kasb bo‘yicha jami 122 860 ta qabul kvotasi tasdiqlangan:

 

– kunduzgi ta’lim shaklida — 78 880 ta;

– kechki  ta’lim shaklida — 4 380 ta;

– dual  ta’lim shaklida — 39 140 ta.

 

Umumiy kvotaning 460 tasi Ilg‘or kasbiy mahorat texnikumlariga o‘quvchilarni davlat granti asosida o‘qishga qabul qilish uchun ajratilgan:

 

– kunduzgi ta’lim shaklida — 420 ta;

– dual  ta’lim shaklida — 40 ta.

 

Qabul parametrlarida kvotalarning 44,4 foizi davlat granti va 55,6 foizi to‘lov shartnoma asosida shakllantirilgan.

 

Ro‘yxatlar – Fayllarni yuklash

 

Avvalroq, 2026/2027-oʻquv yili uchun texnikumlarga (umumiy oʻrta taʻlim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari negizida) kunduzgi va dual taʻlim shaklidagi qabul parametrlari tasdiqlangani haqida xabar berilgan edi.

Bilimni baholash agentligi

AI bot abituriyentlarga yo'nalish tanlashga yordam beradi

Bilim va malakalarni baholash agentligi ma'lumotlari asosida.

Telegram'da ochish