Angren ixtisoslashtirilgan maktabining 14 nafar 11-sinf o‘quvchisi OTMga jami 189 ball to‘plab, muddatidan oldin talaba bo‘lish imkoniyatini qo‘lga kiritdi. Xususan, ushbu maktabning yana 7 nafar o‘quvchisi xalqaro SAT sinovlarida 1200+ ball to‘plab, qo‘shimcha grant asosida oliygohga kirish imkoniyati mavjud.
Muddatidan avval talaba bo‘lganlar:
- Davlataliyev Behruz – tarix A+, CEFR B2, matematika B+, o‘zbek tili va adabiyot B+
- Sadriddinova Afro‘za – o‘zbek tili va adabiyot A+, CEFR C1, matematika A, tarix B
- Furqatova Shahzoda – o‘zbek tili va adabiyot A, tarix C+, CEFR B2, matematika C+
- Ubaydullayeva Shahzoda – o‘zbek tili va adabiyot A, tarix B, CEFR B2, matematika C
- Sadriddinova Dilmira – o‘zbek tili va adabiyot A, CEFR B2, tarix va matematika C+
- Rahmatjonova Hadichaxon – o‘zbek tili va adabiyot B, IELTS 6.0, CEFR B2, matematika C+, tarix C
- Ergashaliyeva Gulsevar – tarix A+, IELTS 6.5, o‘zbek tili va adabiyot B+, matematika C
- Begmatov Nazmiddin – tarix A, CEFR B2, matematika C, o‘zbek tili va adabiyot C+
- Yaxshiboyev Kamron – matematika A, tarix C+, CEFR B2, o‘zbek tili va adabiyot C
- Abdunazarova Farangiz – o‘zbek tili va adabiyot A, CEFR B2, tarix B, matematika B
- Qarshiboyeva Jayrona – tarix A, CEFR B2, o‘zbek tili va adabiyot B+, matematika C
- Bozorboyeva E’zozaxon – o‘zbek tili va adabiyot A, CEFR B2, matematika B, tarix C+
- Tursunqulova Shahriniso – o‘zbek tili va adabiyot A+, tarix C+, CEFR B2, matematika C
- Mambetqulova Asila – tarix A, CEFR B2, matematika C, o‘zbek tili va adabiyot B
Avvalroq, Qashqadaryoda bir maktabning 35 nafar o‘quvchisi turli darajadagi milliy sertifikatlarga ega bo‘lgani haqida xabar bergan edik.
Shuningdek, mazkur maktabning 7 nafar o‘quvchisi xalqaro SAT sinovlarida 1200+ ball to‘plab, qo‘shimcha grant asosida OTMga muddatidan avval o‘qishga kirish imkoniyatiga ega bo‘lgan.
SAT sertifikatini olgan o‘quvchilar:
- Mamarapikova Madina – SAT-1500 ball
- Jo’rayeva Mag’zuna – SAT-1450 ball
- Ahmadaliyev Abrorjon – SAT-1440 ball
- Madusmanova Diyora – SAT-1420 ball
- Mamadaliyev Bekzod – SAT-1410 ball
- Xolniyozov Ibrohim – SAT-1380 ball
- Axmadaliyev Nekruz – SAT-1240 ball
Hukumatning 2025-yil 13-sentyabrdagi 578-son qarori bilan tasdiqlangan tartibga ko‘ra, “College Board” tashkiloti tomonidan oʻtkaziladigan “Scholastic Aptitude Test — SAT” xalqaro imtihonida toʻplash mumkin boʻlgan eng yuqori ballning 75 foizi — 1200 ball va undan yuqori natija boʻyicha sertifikatga ega abituriyentlar sertifikat berilgan fanga mos va tamomlagan bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga mos va turdosh magistratura mutaxassisliklariga qoʻshimcha davlat granti asosida talabalikka qabul qilinadi.
Bunda abituriyent tomonidan “Scholastic Aptitude Test — SAT” sertifikatlari Vazirlikka elektron tarzda (DI kod orqali) yuborilishi lozim. Batafsil
