Platforma orqali vazir jamg‘armasi ustamasiga nomzod bo‘lish uchun nima qilish kerak?

Platforma orqali vazir jamg‘armasi ustamasiga nomzod bo‘lish uchun nima qilish kerak?

Savol: Murojaat yuborayotganda “Siz Vazir jamg‘armasi ustamasiga daʼvogarlik qilish uchun tanlovda ishtirok etasizmi?” degan joyiga “ha” yoki “yo‘q” javoblari turibdi. Shu joyiga batafsilroq javob kerak. Shu joyida “ha” javobini tanlasak ham bo‘ladimi?

 

Javob: Boʻladi albatta.

 

– Ha – demak, siz natijalaringiz Vazir jamg‘armasidan to‘lab beriladigan ustamalarga nomzodlar qatorida ko‘rib chiqilishiga o‘z roziligingizni bildiryapsiz.

 

– Yo‘q- demak, siz natijalaringiz Vazir jamg‘armasidan to‘lab beriladigan ustamlarga nomzodlar qatorida ko‘rib chiqilishiga rozi emasligingizni bildiryapsiz.

 

Yangilangan pedagog.uzedu.uz platformasida malaka toifasini (toʻgʻridan toʻgʻri, navbatdagi majburiy va navbatdan tashqari) olish uchun murojaat yuborish jarayonida qayta tayyorlov diplomi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “Diplom Edu” (https://diplom.edu.uz/) axborot tizimiga kiritilmaydi (yuklanmaydi). Faqat shu joyga “sifatli (yaxshi koʻrinadigan)” nusxasi yuklanadi.

 

Avvalroq, attestatsiya uchun murojaat yuborishda “Qayta tayyorlov” diplomini yuklash imkoniyati yaratilgani haqida xabar bergan edik.

 

Platforma orqali vazir jamg‘armasi ustamasiga nomzod bo‘lish uchun nima qilish kerak?

Platforma orqali vazir jamg‘armasi ustamasiga nomzod bo‘lish uchun nima qilish kerak?