Universitetdagi otishma sabab ‘‘Green Card’’ dasturi vaqtincha to‘xtatildi

Universitetdagi otishma sabab ‘‘Green Card’’ dasturi vaqtincha to‘xtatildi

AQSH Ichki xavfsizlik vaziri Kristi Noem X ijtimoiy tarmog‘ida Trampning ko‘rsatmasiga binoan AQSh Fuqarolik va immigratsiya xizmatlariga “Green Card” dasturini to‘xtatib turishni buyurganini ma’lum qildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Ta’kidlanishicha, bunga Braun universitetida sodir bo’lgan otishma sabab bo’lgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Ushbu otishmada AQShga Green Card lotereyasi bilan kelgan asli portugaliyalik Klaudio Nevesh gumonlanmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

‘‘2017-yilda Diversity Visa (DV1) immigratsion lotereya dasturi orqali AQShga kirgan va unga green card (doimiy yashash huquqi) berilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ Bunday shaxs mamlakatimizga hech qachon kiritilmasligi kerak edi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Prezident Tramp topshirig‘iga binoan, men AQSh Fuqarolik va immigratsiya xizmati (USCIS) ga DV1 dasturini darhol to‘xtatish bo‘yicha ko‘rsatma bermoqdaman.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ Bu qaror ushbu dastur oqibatida boshqa amerikaliklarga zarar yetmasligini ta’minlash maqsadida qabul qilindi’’, — deb yozadi vazir.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Qachon qayta tiklanishi haqida ma’lumot berilmagan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Universitetdagi otishma sabab ‘‘Green Card’’ dasturi vaqtincha to‘xtatildi⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠