Xabaringiz bor, joriy yilning 11-noyabrdan saralashdan o‘tgan loyihalarga ovoz berish bosqichi boshlangandi. Mazkur jarayon bugun, 20-noyabr soat 23:59 ga qadar davom etadi.
Ovoz berishda faqatgina maktab o‘quvchilari o‘z maktabi bo‘yicha kiritilgan takliflarga ovoz bera oladi.
Mazkur video orqali “Mening maktabim” loyihasida qay tarzda ovoz berish mumkinligi to‘g‘risida ma’lumot beriladi.
20-noyabr soat 11:00 holatiga ko‘ra, 2025/2026 o’quv yili doirasida “Mening maktabim” loyihasining 1-bosqichida hududlar miqyosida kelib tushgan jami loyiha va ovozlar soni to‘g‘risidagi ma’lumotlar taqdim etildi.

