Buxorolik o‘quvchi IELTS 8 va SAT 1550 ballik xalqaro sertifikatlarni qo‘lga kiritdi

Buxorolik o‘quvchi IELTS 8 va SAT 1550 ballik xalqaro sertifikatlarni qo‘lga kiritdi

Buxoro tumanidagi 19-umumta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi Gulnoza Isomidinova xalqaro imtihonlarda IELTS da 8 ball, SAT da 1550 ballni qayd etdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Gulnoza Isomidinova ayni paytda ingliz tili va matematika fanlarini chuqur o‘rganib kelmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

2025–2026-o‘quv yilida o‘tkazilgan asosiy fan olimpiadasining II tuman bosqichida ingliz tili fanidan maksimal 50 balldan 50 ball to‘plab, 1-o‘rinni egalladi hamda viloyat bosqichida ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

IELTS 8 (C1)⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Listening – 8.5⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Reading – 8.5⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Writing – 6.5⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Speaking – 8⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Avvalroq, Sirdaryoda 11-umumta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchilari — Ubaydullaev Sultonbek IELTS xalqaro imtihonidan 7 ball, Axrorjonov Shohrux 7.5 darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lishgandi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Namangan shahridagi 1- umumta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi Nigina Abdullayeva ingliz tili bo‘yicha xalqaro IELTS imtihonida 8 ballik natijani qo‘lga kiritgan edi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Shuningdek, IELTS dan 9.0 ballni qo’lga kiritgan 17 yoshli Nozima Qadamova haqida xabar bergan edik va u bilan bo’lib o’tgan suhbatni e’tiboringizga havola qilgan edik.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠⁠