Samarqandda maktab oʻquvchisi Damasʼda bolalarni urib yuborishiga oz qoldi

Samarqandda maktab oʻquvchisi Damasʼda bolalarni urib yuborishiga oz qoldi

Samarqandda bir guruh bolalarni mashinada urib yuborishiga oz qolgan maktab oʻquvchisiga chora koʻrildi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB JXX YHXB matbuot xizmati xabar qildi.

 

Qayd etilishicha, hodisa Urgut tumanida yuz bergan. Unda moshina boshqaruvida boʻlgan maktab oʻquvchisi ichki yoʻlda oʻynab yurgan bir guruh bolalar tomon harakatlanib, boshqaruvni yoʻqotgan.

 

Maktab o‘quvchisi qilgan ishi uchun pushaymonligini bildirib, uzr so‘ragan.

 

Ushbu o‘quvchining ota-onasiga va mashina egasiga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning tegishli moddalari bilan bayonnoma rasmiylashtirilgan.