Faoliyat obyektlari:
– umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalarida;
– Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi idoralarda;
– O‘zbekiston Respublikasi Badiiy akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida;
– ishlab chiqarish korxonalarida;
– davlat boshqaruv organlari, o‘rta, o‘rta maxsus kasbiy ta’limning davlat va nodavlat muassasalarida.
Bitiruvchilar quyidagi kasbiy faoliyat sohalari bo’yicha ishlashlari mumkin:
– umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘qituvchisi kasb standartiga muvofiq umumiy o‘rta ta’limda tasviriy san’at va chizmachilik fanlari o‘qituvchisi maqomida pedagogik faoliyat olib borish;
– o‘rta maxsus va professional ta’limda tasviriy san’at va chizmachilik fanlari o‘qituvchisi sifatida pedagogik faoliyat olib borish;
– O‘zbekiston Respublikasi Badiiy akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida hamda mustaqil tadqiqotchi sifatida ilmiy-pedagogik tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanish;
– umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori kasb standartiga muvofiq ta’lim muassasasini boshqarish;
-umumiy o‘rta ta’lim maktabi, professional ta’lim muassasalari, oliy ta’lim muassasalarida laborant;
– kabinet mudiri.
